Burxanov Taxir Maxammatjonovichning
falsafa doktori (RhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/3339.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi.
Ilmiy rahbar: Abdurahimova Dilfuzaxon Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjamkulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va harbiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kursantlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning harbiy-pedagogik mexanizmlari harbiy xizmatchilarga xos individuallik sifatlarini shakllantirishga mo‘ljallangan usullarni favqulodda vaziyatlarning imitatsion mashg‘ulotlariga kiritish asosida takomillashtirilgan;
kursantlarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari harbiy tayyorgarlikning senzitiv davr xususiyatlarini hisobga olgan konseptual yondashuvlar hamda axloqiy madaniyat sifatlarini maqsadli shakllantirishga yo‘naltirilgan “Ma’naviy barqaror kursant” portreti komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish modeli o‘quv va tarbiyaviy jarayon uyg‘unligidagi tarbiyaviy ta’sir muhitida “Videotahlil”, “Harbiy harakatlarning grafikli modeli”, raqamli tahlil kabi texnogen sivilizatsiyaning innovatsion vositalaridan foydalanishga asoslangan ta’limiy shakllar hamda jismoniy mashqlar tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, falsafiy, pedagogik-psixologik omillarning o‘zaro aloqadorligi va mobillik, intensivlik kabi modernizatsion ko‘rsatkichlari aniqlangan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, falsafiy, pedagogik-psixologik omillarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga oid takliflari “Madaniyatshunoslik” darsligi, “Madaniyatshunoslik” hamda “Ma’naviyat asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2022 yil 15-fevraldagi 10/263-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari tizimidagi harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish kompetensiyalari takomillashtirilgan;
kursantlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning harbiy-pedagogik mexanizmlari xarbiy xizmatchilarga xos individuallik sifatlarini shakllantirishga mo‘ljallangan usullarni favqulodda vaziyatlarning imitatsion mashg‘ulotlariga amaliy-treninglar shaklida kiritishga oid takliflaridan JHBL-30 “Mahalla va oila tizimi mutaxassislarining oilaviy nizolarni hal qilishdagi amaliy kompetensiyalarini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 8 oktyabr` 01-09/590-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilar oilalarida uchraydigan konfliktlar, kelishmovchiliklar va ajrimlar bilan bog‘liq jihatlarini o‘z vaqtida tahlil qilish va bartaraf etishning vaziyatbop yondashuvlarini tanlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
kursantlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarning namoyon bo‘lishini baholash mezonlari harbiy tayyorgarlikning senzitiv davr xususiyatlarini hisobga olgan konseptual yondashuvlar hamda axloqiy madaniyat sifatlarini maqsadli shakllantirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar, trening mashg‘ulotlari ishlanmalari Ichki ishlar vazirligi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 20 noyabrdagi 2/4708-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari tizimidagi yosh kadrlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishning samaradorligi oshgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish modeli o‘quv va tarbiyaviy jarayon uyg‘unligidagi tarbiyaviy ta’sir muhitida “Videotahlil”, “Xarbiy harakatlarning grafikli modeli”, raqamli tahlil kabi texnogen sivilizatsiyaning innovatsion vositalaridan foydalanishga asoslangan ta’limiy shakllar hamda jismoniy mashqlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari, harbiy qism va bo‘linmalarida tadbiq etilgan bo‘lib, kundalik xizmat-jangovar va o‘quv faoliyatlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2021 yil 20 oktyabrdagi 1/3165-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh harbiy kadrlarning ma’naviy kamoloti darajasi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlarni tizimli tashkil etish uchun ma’rifiy asos bo‘lib xizmat qilgan.