Suyunova Kamilla Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.17–Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt919.
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik korxona va tashkilotlarning marketing tadqiqotlariga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha imkonini beruvchi «Axborot-tahlil uyushmasi»ni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, faoliyatini boshqarish mexanizmi taklif etilgan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlar asosida ularning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini baholash uslubi turizm tadbirlarini amalga oshirish uchun sarflangan resurslarning iqtisodiy samarasini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
turistik korxonalar faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash sarf-xarajatlarining pirovard samaradorligini oshirish imkonini beruvchi resurslarni turistik ob’ektning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, moliyaviy yordam hisobidan olingan sof daromad miqdori, yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni hamda sof daromaddan davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlarning hajmini inobatga olish asosida taqsimlash taklif etilgan;
respublikada turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarning investisiyalar hajmini oshirishga ta’sirini baholash bo‘yicha 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
turistik korxona va tashkilotlarning marketing tadqiqotlari sarflarining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha «Axborot-tahlil uyushmasi»ni tashkil etish va uning faoliyatini boshqarish bo‘yicha takliflar Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga bunday vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19-maydagi 04-18/1770-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kichik tadbirkorlik sub’ektlari xarajatlarini tejash hisobidan iqtisodiy samara olishning qo‘shimcha imkoni paydo bo‘lgan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning mintaqaviy dasturlari asosida ularning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga bunday vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19-maydagi 04-18/1770-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan takliflardan foydalanish turizm sohasidagi byudjet xarajatlarining har bir so‘miga olinadigan iqtisodiy samarani oshirish imkonini bergan;
turistik korxonalar faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash sarf-xarajatlarining pirovard samaradorligini oshirish imkonini beruvchi turistik ob’ektning ehtiyojidan kelib chiqqan holda resurslarni taqsimlash bo‘yicha takliflar Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga bunday vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19-maydagi 04-18/1770-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy qilinishi davlat va xususiy sektor manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ularni bir maqsadga yo‘naltirish asosida byudjet resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
respublikada turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarning investisiyalar hajmini oshirishga ta’sirini baholash bo‘yicha 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari parametrlari Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga bunday vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 19-maydagi 04-18/1770-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan prognoz ko‘rsatkichlari parametrlari turizm sohasida investision faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va uni amalga oshirish ishlarida foydalanish imkonini bergan.