Vafoeva Ozoda Safoevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida E’LON
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gruntlarni gidromexanik usulda zichlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.09.06– Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2733
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sultanov Toxirjon Zokirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshkent arxitektura va qurilish instituti, “Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi professori, t.f.d. Fayziev Xomitxon, “Respublika muxandislik qidruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” MChJ direktor o‘rinbosari, PhD, Nazarov Komil Igamberdievich.
Yetakchi tashkilot - Namangan qurilish – muhandislik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gruntli gidrotexnik inshootlardagi gruntlarni gidromexanik usulda zichlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntli gidrotexnika inshootlarida gruntlarni gidromexanik usulda zichlashda namlash uchun zarur bo‘ladigan suv sarfining optimal miqdorini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
gruntlarni gidromexanik usulda zichlash texnologiyasi bo‘yicha zichlanadigan gruntlarning namlik darajasi va plastiklik soniga bog‘liq xolda grunt qatlamining eng maqbul qalinlik o‘lchamlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
gruntlarni gidromexanik usulda zichlovchi yangi qurilmaning texnik parametrlari grunt namligini inobatga olgan holda aniqlangan va asoslangan;
gidromexanik usulda gruntlarni zichlashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gruntlarni gidromexanik usulda zichlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gruntlardan barpo etiladigan gruntli gidrotexnika inshootlarini zichlash texnologiyasi “Suvloyixa” davlat unitar konxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligi 2021 yil 23-dekabridagi ZF22281270 son ma’lumotnomasi va “Suvloyixa” DUK ning 2021 yil 15 sentyabridagi dalolatnomasi). Natijada, gidromexanik usulda gruntlarni zichligini ta’minlashning optimal bo‘lgan grunt namligining miqdorini aniqlash imkoniyati paydo bo‘lgan.
gruntni namlab zichlovchi ish jihozining parametrlari “Gidroproekt” aksiyadorlik jamiyatining Muxandislik qidiruv – laboratoriya tadqiqot markazida (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligi 2021 yil 23-dekabridagi ZF22281270 son ma’lumotnomasi va Gidroproekt AJning 2021 yil 29 oktyabridagi dalolatnomasi). Ilmiy izlanishning natijasida gruntni zichlashda belgilangan sur sarfini ta’minlovchi ishchi jihozining suv chiqaruvchi teshiklar soni, diametri va joylashish sxemalarini aniqlash imkoniyatini bergan.
gidromexanik usulda gruntni zichlovchi yangi jixozning texnik parametrlari “Buxoromaxsussuvpudrat” MChJ da joriy etildi (“Buxoromaxsussuvpudrat” MChJ ning 2021 yil 4 noyabrdagi dalolatnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligi 2021 yil 23-dekabridagi ZF22281270 son ma’lumotnomasi). Natijada, talab etiladigan zichlikka erishish uchun zichlanadigan gruntning faol qalinligi, ish jixozi va uni yoyilgan grunt qatlamida bir izdan necha marta o‘tishi xamda mashinaning yurish tezligi aniqlashga erishilib, gruntni zichlash uchun sarf bo‘ladigan yonilg‘i moylash materiallari 2 barobarchaga, ishchi jixoz uchun metall sarfi 3 barobargacha kam bo‘lishiga olib kelingan.