Fayzillaev Zohid Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gips asosidagi quruq qurilish qorishmalariga o‘simlik va yog‘och qipiqlarini qo‘llash samaradorligini tadqiq qilish”, 05.09.05- “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1878.
Ilmiy rahbar: Tillyaev Abidjon Djurakulovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, Qosimov Ibroxim Irkinovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Turg‘inboev Urinbek Jamilovich
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘simlik va yog‘och chiqindilarini qayta ishlash orqali gips asosidagi quruq qurilish suvoq qorishma uchun organik qo‘shimcha sifatida foydalanish, qorishmaning optimal tarkibini ishlab chiqish va uning xossalarini keng tadqiq etib, samaradorligini ilmiy jihatdan asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gips asosidagi quruq qurilish suvoq qorishmalarning qotish muddati o‘simlik va yog‘och chiqindi qo‘shimchalarining tarkibidagi limon kislotasi miqdorini ta’siri hisobiga o‘zgarishi asoslangan;
quruq qurilish suvoq qorishmalarning fizik-mexanik xossalarini oshirishi, struktura hosil qiluvchi qo‘shimchalar ta’sirini hisobga olgan holda qorishmaning massasigi nisban qo‘shimchaning standart ulishlari, qorshmada ishlatilgan organik qo‘shimchani ishlash prinsplari asoslangan;
gips asosidagi quruq qurilish suvoq qorishma tarkibidagi perlit, kimyoviy qo‘shimchalardan sellyuloza va limon kislotasi vazifalarini qisman bajaruvchi, o‘simlik va yog‘och qipiqlari bilan maqbullashtirish mumkinligi, qo‘shimchaning donadorligiga bog‘liqligi, kimyoviy qo‘shimchalarni tejash va ularning eng samarador ulushlari bajarilgan ko‘plab tajribalar, olingan natijalarning ilmiy tahlilari asosida aniqlangan;
o‘simlik va yog‘och qipiqlarini quruq qurilish suvoq qorishmasining funksional ko‘rsatkichlariga, ya’ni, adgeziya va siqilishdagi mustahkamlik xossasining uch faktorli (qorishmaning tashkil qiluvchilari ya’ni bir birga bog‘liq bo‘lmagan uchta tarkibni tashkil qiluvchilirning miqdorlari, eng katta miqdor va eng kichik miqdorlari orasidagi farqlarda tajribalar olib boriladi) tajribalar seriyasi yordamida regressiya tenglamasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gips asosidagi quruq qurilish qorishmalariga o‘simlik va yog‘och qipiqlarini qo‘llash samaradorligini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xom ashyo o‘simlik va yog‘och qipiqlarni qayta ishlash orqali olingan organik qo‘shimcha aralashtirilgan gips asosidagi quruq qurilish suvoq qorishmaning ishlab chiqilgan tarkibi “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ, gips va quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqaruvchi “GRAND FILLER” MChJ, “DREAM WELL” MChJ va “Engineering qurilish” MChJ korxonalarida joriy qilingan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 24.12.2021 yil 05/15-3125 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqaruvchi korxonaning bir yillik sof daromadi 185 815,87 AQSh dollarga teng iqtisodiy samarador suvoq qorishma olish imkoniyati yaratilgan.