Azimov Aziz Muxamadjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Periapikal to‘qimalarni odontogen yallig‘lanish kasalliklarida tashxislash va davolashning innovatsion yondashuvlari” 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib451.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Shalabaeva Klara Zulkarnaevna tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Zoirov To‘lqin Elnazarovich. tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shukurova Umida Abdurasulovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navarro xalq universtiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: periapikal to‘qimalarni odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxislashni va davolashni patogenetik tamoyillarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
periapikal soxadagi o‘tkir yallig‘lanish jaranini erta tashxislashda termoviziografiya, ul`trasonografiya va ul`trotovush ostiometriya instrumental tekshirish usullarini birgalikda qo‘llash orqali suyak to‘qimasi zichligini aniqlash mumkinligi asoslangan;
o‘tkir yiringli ostitda, suyak ichidagi bosimni kamaytirish va yiringli jarayon tarqalishining oldini olish maqsadida osteoperforatsiya jarroxlik amaliyotini qo‘llash orqali davolash samaradorligi aniqlangan;
surunkali destruktiv ostitda yallig‘lanish o‘chog‘ini sanatsiya qilish uchun dekompressiya jarroxlik amaliyotini qo‘llash natijasida davolash taktikasi birlamchi drenajlash orqali takomillashtirilgan;
surunkali ostitda destruksiya markazidagi tishlar va to‘qimalarning periapikal mintaqasidagi optik zichligi ko‘rsatkichlari kasallikni aniqlashda erta diagnostik mezoni ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Periapikal to‘qimalarda odontogen yallig‘lanish kasalliklarini erta tashxislash va davolashda hamda asoratlarni oldini olishda innovatsion uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
periapikal to‘qimalar odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash va davolashda innovatsion yondoshuvlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Odontogen yallig‘lanish kasalliklarining klinik–anatomik tasnifi» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 8n–r/613–son ma’lumotnomasi). Natijada periapikal to‘qimalar odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxisni aniq shakillatirish imkonini bergan;
periapikal to‘qimalarni odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxislashda termoviziografiya, ul`tratovush osteometriyasi, ul`trasonografik tekshiruvi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Odontogen yallig‘lanish kasalliklari diagnostikasining noinvaziv usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chikildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 8n–r/613–son ma’lumotnomasi). Natijada tekshiruvlar, periapikal to‘qimalardagi o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarini zamonaviy rentgenologik tekshiruv yordamida aniqlab bo‘lmaydigan davrida, aniq ma’lumotlarni olish imkonini bergan;
surunkali destruktiv ostida yalliglanish uchogini sanatsiya kilish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Pul`pa va periapikal to‘qimalar yallig‘lanish kasalliklarini davolash prinsiplari» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 iyuldagi 8n–r/613–son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkir tish og‘rig‘i bilan murojaat qilgan bemorlarga tezkor differensial stomatologik yordami ko‘rsatish usullarini qo‘llab, yallig‘lanish tarqalishining oldini olish, bemorning umumiy xolatini yaxshilash, profilaktik yordam sifatini, davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
periapikal to‘qimalar odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash va davolashda innovatsion yondashuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish tibbiyot markazining Buxoro filiali amaliyotiga joriy kilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 8n-d/258-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi periapikal to‘qimalar odontogen yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash sifati darajasini yaxshilashga, davolash davrini qisqartirishga, remissiya davrini uzaytirishga va asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan.