Mansurov Safar Raxmankulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mavsumiy boshqariluvchi suv omborlari foydali hajmining o‘zgarishini aniqlash usullarini takomillashtirish”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2564
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Gapparov Furqat Axmatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konsruksiyalari kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Yangiev Asror Abdixamidovich, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, yetakchi ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori Xudayqulov Sovet Ishanqulovich.
Yetakchi tashkilot Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mavsumiy boshqariluvchi suv omborlari foydali hajmi o‘zgarishini aniqlash usullarini loyqa-cho‘kindilar shakllanishini inobatga olgan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omboriga quyilayotgan daryoning gidrologik rejimini inobatga olib suv ombori kosasida loyqa-cho‘kindilar shakllanishi aniqlashtirilgan;
suv ombori rel`efi xaritasi loyqa-cho‘kindilar shakllanishini inobatga olib tuzilgan va suv ombori kosasi bo‘yicha cho‘kindilarning mexanik tarkibi xamda tuproq turi baholangan;
suv omborining morfometrik ko‘rsatkichlarini inobatga olib, suv foydali hajmining o‘zgarishini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
suv ombori kosasida loyqa-cho‘kindilarning shakllanishini inobatga olib samarali to‘ldirish va bo‘shatish ish rejimi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavsumiy boshqariluvchi suv omborlari foydali hajmi kamayishini aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv ombori foydali hajmini loyqa-cho‘kindilar ta’sirida kamayishini aniqlash zamonaviy o‘lchov vositalaridan foydalangan holda tabiiy kuzatuvlar asosida amalga oshirilgan, ularni to‘ldiruvchi manbalarning oqiziqlar miqdori, suv ombori tubiga cho‘kkan loyqa oqiziqlarning mexanik tarkibi o‘rganilgan va oqiziqlarni suv ombori havzasi bo‘yicha joylashuvi asoslangan hamda suv ombori morfometrik ko‘rsatgichlari o‘zgarishi aniqlashtirilgan. Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Janubiy Surxon suv omboriga tadbiq qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14-fevraldagi 03/27-350-son ma’lumotnomasi). Natijada suv ombori elektron xaritasi tuzilgan va morfometrik ko‘rsatgichlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
suv balansi elementlarini hisobga olgan holda suv ombori foydali hajmi o‘zgaruvchanligini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Janubiy Surxon va Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Qoravultepa suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14-fevraldagi 03/27-350-son ma’lumotnomasi). Natijada loyqa-cho‘kindilarni aniq baxolash va suv ombori foydali hajmini oshirish imkoniyati yaratilgan;
suv ombori kosasida loyqa-cho‘kindilarning shakllanishini inobatga olib samarali to‘ldirish va bo‘shatish ish rejimini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Janubiy Surxon va Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Qoravultepa suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14-fevraldagi 03/27-350-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlari ekspluatatsion samaradorligini oshirish hisobiga 10-15% gacha suv resurslarini tejash va barcha iste’molchilarni ishonchli ravishda suv bilan ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish