Tuychibaeva Dilobar Miratalievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi glaukomada tibbiy yordamni tashkil etish va profilaktika tizimini takomillashtirish” 14.00.08 – Oftal`mologiya, 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menedjment. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib524.
Ilmiy maslaxatchlar: Yangieva Nodira Raximovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Rizaev Jasur Alimjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.01.2020.tib.105.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Babadjanov Abdumurat Sattarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imsheneskaya Tat`yana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya).
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi glaukomali bemorlarda tibbiy xizmatni yaxshilash va oldini olishga qaratilgan tashkiliy va davolash-profilaktik tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi glaukomaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bemor yoshi, ko‘z ichki bosimi (KIB) ko‘rsatkichining yuqori darajasi xamda yo‘ldosh kasalliklar (ateroskleroz, gipertoniya, 2-tip qandli diabet) uchrashining (∑R) ortishi gemodinamikaning buzilishi oqibati bilan o‘zaro to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
sog‘likni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inida birlamchi glaukomani oldini olish, davolash va statistik nazorat sifatini oshirish, kasallangan bemorlar dispanserizatsiyasini yagona reestrini shakllantirish asosida kasallikni erta aniqlash va yuzaga kelish xavf darajasini raqamlashtirilgan va shaxsiylashtirilgan elektron dasturlari ishlab chiqilgan; 
ko‘z to‘r pardasi foveolyar avaskulyar sohasining (FAS - Area) maydoni va FAS perimetrining (Perimetre) ortishi xamda sirkulyar indeksining (circularity index, CI) kamayishi kabi mikrotsirkulyator ko‘rsatqichlar birlamchi glaukomaning erta tashxislash va rivojlanish prognostik belgilaridan biri ekanligi isbotlangan;
birlamchi glaukoma bilan kasallangan bemorlarda to‘r pardaning markaziy sohada yorug‘likka sezgirligining o‘rtacha og‘ishi perimetrik indeksi (MD) bilan ko‘z to‘r pardasining foveolyar avaskulyar soha maydoni perimetri va sirkulyar indeksi ko‘rsatkichlari orasidagi aniqlangan o‘zaro teskari proporsional bog‘liqlik optik neyropatiya kechishi va neyroprotektiv davolash monitoringida ob’ektiv ko‘rsatkich ekanligi isbotlangan;
tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida birlamchi glaukomani erta tashxislash va yuzaga kelish xavf darajasini aniqlashning elektron dasturi hamda elektron dispanserizatsiya kartasi asosida neyroprotektor usulini ko‘llash orqali takomillashtirilgan davolash va profilaktika tizimi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Birlamchi glaukomali bemorlarga tibbiy yordam va profilaktikani tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bemorlarda birlamchi glaukomani paydo bo‘lishi va uni oldini olish chora-tadbirlari asosida ishlab chiqilgan «Birlamchi glaukoma paydo bo‘lishi va rivojlanishining profilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-r/240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bemorlarda BGni xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga  xizmat qilgan;
bemorlarda birlamchi glaukomani aniqlash va dispanserizatsiya chora-tadbirlari asosida ishlab chiqilgan «Unifikatsiyalashtirilgan tibbiy hujjatlarni joriy etish orqali birlamchi glaukomali bemorlarni dispanserizatsiyasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-r/240-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi sog‘liqni saqlashning turli bo‘g‘inlarida birlamchi glaukomali bemorlarni erta aniqlash va dispanserizatsiya sifatini oshirishga xizmat qilgan;
birlamchi glaukomali bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va oldini olishni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 martdagi 08-09/8121-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi bemorlarda birlamchi glaukoma xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash, olib borish taktikasini takomillashtirish, dispanserizatsiya sifatini oshirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlarning xayot sifatini yaxshilash xamda statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish