Xakimov Alisher Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy yuksalish sharoitida fuqarolik mas’uliyatini oshirishning ijtimoiy- falsafiy xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fa1606.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Saidqosimov Akbarxon Isaxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Tog‘aev Nodirjon Ergashevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy yuksalish sharoitida fuqarolik mas’uliyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini aniqlash va jamiyatda shaxsning ijtimoiylashuvi hamda faolligini oshirish bo‘yicha konstruktiv taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishda milliy yuksalish fenomenining o‘rni va fuqarolik mas’uliyatini rivojlanishida uning mohiyatini belgilovchi ijtimoiy faollik, siyosiy madaniyat, huquqiy ong va ma’naviy dunyoqarash kabi komponentlar o‘rtasidagi dielektik aloqadorlik mantiqiy dalillangan;
globallashuv tendensiyalarining fuqarolik mas’uliyatini shakllanishiga  ijobiy ta’siri, uning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishiga to‘siq bo‘ladigan salbiy jihatlari va fuqarolik mas’uliyati tarbiyasiga ta’sir etadigan destruktiv tahdidlar, permanent muammolar (ijtimoiy begonalashuv, “ommaviy madaniyat”, ma’naviy tahdidlar) aniqlangan;
milliy yuksalish sharoitida fuqarolik mas’uliyati ijtimoiy mohiyatida sodir bo‘lgan va uning jamiyat taraqqiyotida progressiv xarakterdagi innovatsion salohiyat, ijodiy an’analar yasovchi  o‘zgarish jarayonlari (ma’naviy transformatsiya, innovatsion faollik, ijtimoiy yangilanish) makon va zamon nuqtai nazaridan asoslab berilgan;
milliy yuksalishning progressiv tendensiyalari sharoitida inson shaxsini takomilga etkazishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligiga erishishning tizimli, uslubiy, texnologik, funksional, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy mexanizmlari zamonaviy tendensiyalar kontekstida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy yuksalish sharoitida fuqarolik mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish bilan bog‘liq ilmiy natijalar asosida:
fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishda milliy yuksalish fenomenining o‘rni va fuqarolik mas’uliyatini rivojlanishida  uning mohiyatini belgilovchi komponentlar (ijtimoiy faollik, siyosiy madaniyat, huquqiy ong va ma’naviy dunyoqarash) o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorligiga doir taklif va tavsiyalaridan Jizzax viloyati «Istiqbol» mintaqaviy tadqiqot markazining «Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish» mavzusidagi 68-11/78 raqamli 2018-2020 yilda bajarilgan amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati «Istiqbol» mintaqaviy tadqiqot markazining 2021 yil 20 centyabrdagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy ma’naviyatimiz targ‘iboti chora-tadbirlarida, aholining huquqiy madaniyati va fuqarolik ma’suliyatini oshishiga xizmat qilgan;
globallashuv tendensiyalarining fuqarolik mas’uliyatiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, fuqarolik mas’uliyatiga salbiy ta’sir etadigan permanent muammolar (ijtimoiy begonalashuv, ma’naviy tahdidlar) va ularni oldini olishga oid taklif-tavsiyalardan «Qalb nuri» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Evropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magidagi «Markaziy Osiyoda radikalizm va dezinformatsiyaga qarshi turg‘unlikni kuchaytirish» mavzusidagi fundamental granti loyihasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlaridagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tashkil qilingan "Covid-19, aholining zaif qatlamlari (muhojirlar, qochqinlar, milliy ozchiliklar) uchun axborot loyihalari»ni amalga oshirishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2021 yil 23 dekabrdagi 04-05/623-20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalardan, aholi o‘rtasida ma’naviy tahdidlarni oldini olish va bu jarayonda fuqarolik ma’suliyatini oshirish chora-tadbirlarini tashkil etishga ustuvor ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab olishga xizmat qilgan;
milliy yuksalish sharoitida fuqarolik mas’uliyati ijtimoiy mohiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar jarayonlarini (ma’naviy transformatsiya, innovatsion faollik, ijtimoiy yangilanish) makon va zamon nuqtai nazaridan yoritilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan Jizzax viloyati «Istiqbol» mintaqaviy tadqiqot markazining «Jamiyat barqarorligini ta’minlashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning innovatsion omillari» mavzusidagi 2021 yilda bajarilgan 07-raqamli grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan, jumladan, mazkur grant rejasining «Ta’lim sohasida o‘quvchi va talabalar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan innovatsion chora-tadbirlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot o‘tqazish va tegishli takliflar berish» deb nomlangan 4-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda dissertatsiyadagi «milliy yuksalish tendensiyalarining shaxs ijtimoiy mas’uliyatiga ta’sirini oshirish va uni praksiologik jihatlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan»ligiga oid konstruktiv fikr-mulohazalaridan samarali foydalanilgan (Jizzax viloyati «Istiqbol» mintaqaviy tadqiqot markazining 2021 yil 16 oktyabrdagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aholining huquqiy madaniyati va fuqarolik mas’uliyatini oshirish borasidagi empirik tadqiqotlari fuqarolarda milliy yuksalishda ijtimoiy munosabatlarning asosiy harakatlantiruvchi ob’ekti bo‘lgan ijtimoiy faollikni rivojlanishiga xizmat qilgan;
milliy yuksalish tendensiyalarining shaxs ijtimoiy mas’uliyatiga ta’sirini oshirish va uning praksiologik jihatlariga oid taklif va tavsiyalar «Sevimli» telekanalidagi «Mahallada duv-duv gap» teleko‘rsatuvi loyihasi, shuningdek, «Xayrli oqshom» ko‘rsatuvining 2021 yil 6,7,8 sentyabr` sonlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika «Sevimli» telekanalining 2021 yil 14 dekabrdagi 1/1107 –son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy yuksalish sharoitida fuqarolik mas’uliyatini oshirish aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy-siyosiy faolligi va yoshlarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga hurmat hissini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish