Shodieva Musharraf Sadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda helicobacter pylori assotsirlangan gastroduodenal patologiyaning immunogenetik jihatlari”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.4. PhD/Tib1595.
Ilmiy rahbar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Abdujabarova Zulfiya Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Polevshhikov Aleksandr Vital`evich biologiya fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda Helicobacter pylori bilan bog‘liq gastroduodenal patologiyaning immunogenetik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Helicobacter pylori bilan bog‘liq surunkali gastritda oshqozon antral bo‘limi hamda shilliq qavatining yarali-eroziv o‘zgarishlarining ortishi bemorlardagi haftalik og‘riqlarni har kunlik og‘riqlarga aylanishi, tungi og‘riqning xarakteri, og‘riq irradiatsiyasi va intensivligining ortishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘smirlar va erta o‘smirlik davridagi bolalarda IL-1β miqdorining ortishi gastroduodenal patologiyaning rivojlanishiga, TNF-α miqdorining ortishi gastroduodenal zona shilliq qavatida yarali jarayon rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligida GA TNF-α rs1800629 genotipining uchrashi ushbu patologiya rivojlanishida salbiy prognostik omil, aksincha, GG genotipining uchrashi Helicobacter pylori patologiyasiga bog‘liq bo‘lmagan himoya omili ekanligi isbotlangan;
ilk bor Helicobacter pylori assotsirlangan gastroduodenal patologiyali bemorlarda TNF-α 308G/A genining polimorf markyorlari allellari va genotiplari taqsimlanishida A allelning uchrashi darajasining ortishi, kasallikning og‘ir shakli rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda Helicobacter pylori assotsirlangan gastroduodenal patologiyaning immunogenetik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gastroduodenal patologiyali bemorlarni tashhislashni optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalar va o‘smirlarda Helicobacter pylori assotsirlangan gastroduodenal patologiyani immuntashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 8n-z/569-so ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bolalar va o‘smirlarda Nelicobacter pylori bilan bog‘liq gastroduodenal kasalliklar xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga xizmat qilgan;
Nelicobacter pylori bilan bog‘liq surunkali gastroduodenal patologiyaning immunogenetik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 apreldagi 08-11523-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi bolalar va o‘smirlarda Nelicobacter pylori bilan bog‘liq gastroduodenal kasalliklar rivojlanish xavfini immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida erta tashhislash va oldini olish, olib borish taktikasini takomillashtirish, to‘g‘ri davolash taktikasini qo‘llash hisobiga asoratlarini kamaytirish xamda iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.