Navruzov Rustam Rashidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yo‘g‘on ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional xususiyatlari normada va nur kasallik fonida biostimulyatorning ta’siri», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2209.
Ilmiy rahbar: Ochilov Komil Raximovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Azizova Feruza Xusenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Volgograd davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada yo‘g‘on ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional xususiyatlarini normada va nur kasalligi fonida ASD-2 biostimulyator ta’sirini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
surunkali nurlanish bilan bog‘liq yosh aspektidagi oq zotsiz kalamushlar yo‘g‘on ichagi limfoid tuzilmasida gistotopografik ko‘rsatkichlar hamda yo‘g‘on ichakning limfoid hosilalariga salbiy ta’siri nurlantirilgan oq zotsiz kalamushlarda guruhlashtirilgan va yakka xolatdagi limfoid tugunlari miqdorining kamayishi isbotlangan;
nurlantirilgandan so‘ng guruhlashtirilgan limfoid tugunlar shaklining oval shakldan dumaloq, atipik shakliga o‘zgarishi hamda guruhlashtirilgan limfoid tugunlar bilan qoplanish maydonining kamayishi, yo‘g‘on ichak limfoid to‘qimalari funksional faolligining pasayishi isbotlangan;
tajriba hayvonlarini nurlantirish vaqtida biostimulyator bilan korreksiyalashning, nurlantirilgandan keyingi korreksiyalashga nisbatan samaradorligi, yo‘g‘on ichakda yakka tartibli limfoid tugunlarning paydo bo‘lishi faollashishi hamda surunkali nurlanishning salbiy ta’sir ko‘rsatish darajasi ishonarli pasayganligi aniqlangan;
yo‘g‘on ichak limfoid tugunlari tuzilmaviy-funksional sohasida shakllanish sur’ati, hujayralar faolligi va yo‘g‘on ichak limfoid tuzilmalarining morfologik parametrlari dori vositalarisiz surunkali nurlanish ta’siri ostida oq zotsiz kalamushlardagi shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lishi hamda biostimulyatorni qo‘llash uchun standart miqdori belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yo‘g‘on ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlarning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
tajribada surunkali nurlanishda yo‘g‘on ichak morfometrik parametrlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali nur kasalligida yo‘g‘on ichakning limfoid hosilalari morfometrik parametrlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 8n-z/550-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanishda yo‘g‘on ichak limfoid tuzilmalarida morfologik o‘zgarishlarni baholash, ularni o‘z vaqtida davolash tartibini tizimli tashkil etish imkonini bergan;
yo‘g‘on ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional xususiyatlari va nurlanishda biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlar samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika onkologiya va radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazining Buxoro filiali va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 maydagi 08-13409-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi morfologik guruhlashtirilgan limfoid tugunlar miqdori va o‘lchamlari, ulardagi tugunlar soni, umumiy maydoni, yo‘g‘on ichak umumiy maydoniga limfoid tugunlari umumiy maydonining nisbatini foizlardagi ifodasi bo‘yicha a’zo patologiyalarning rivojlanishini erta tashxislash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish