Xushnazarov Xasan Xolikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bezi o‘choqli kasalliklarini mul`tiparametrik ul`tratovush tashxisoti» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib957.
Ilmiy rahbar: Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ganiev Abduavaz Abdulaxatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bezning o‘choqli kasalliklarini mul`tiparametrik ul`tratovush tekshiruvi natijalarini baholash orqali qalqonsimon bez saratonining qiyosiy va aniq tashxislash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ul`tratovush tekshiruvining ilgor va izchil texnologiyalarini - to‘qima garmonikasi va dopplerografiyasi kompleksidagi 3D rejimlarini qo‘llash qalqonsimon bez saratoni kasalligini erta va aniq tashxislash sifati sezilarli darajada yaxshilanishi asoslangan.
qalqonsimon bez hosilalarini mul`tiparametrli ul`tratovush tekshiruvida kompression va siljish to‘lkinli elastografiya usullarini qo‘llanilishi tasvirlarni baholashda o‘zining yuqori samadorligini isbotlangan;
qalqonsimon bez hosilalarida invaziv tashxisotida ul`tratovush navigatsiyasi natijasida zararlangan o‘choq to‘qimasining elastikligi aniklangan xolda, ingichka ignali aspiratsion biopsiyada bioptat olish joyini tanlash tartibi optimallashtirilgan va bajarilishi asoslangan;
qalqonsimon bez saratonida regionar limfa tugunlarining metastazli zararlanishining elastografik va dopplerografik ul`tratovush belgilari semiotikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bezi o‘choqli kasalliklarini mul`tiparametrik ul`tratovush tashxisotini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
qalqonsimon bez tugunli hosilalarida sonoelastografiyasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qalqonsimon bez tugunli hosilalarida sonoelastografiya usulini qo‘llanilishi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/522-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qalqonsimon bezdagi tugunli hosila kasalliklari prognozi mezonlarini unifikatsiya qilish, nuqsonli o‘zgarishlarni tekshirishni barqarorlashtirish, tashxislash sifatining ijobiy ko‘rsatkichini 85,9 foizdan 91,2 foizga oshirish imkonini bergan;
qalqonsimon bez tugunlarining ul`tratovush diagnostikasi sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali, «PARENTS HOLIDAY» MChJ va «MEDFAYTEM» MChJ xususiy shifoxonalari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 dekabrdagi 8n-z/259-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilinishi qalqonsimon bez tugunli kasalliklarini erta va aniq tashxislash, mul`tiparametrli ul`tratovush tekshiruvi 89,2% xollarda autoimmun tireoidit, 91,6% hollarda qalqonsimon bez adenomasi tashxislash, 86,7% hollarda papillyar, follikulyar, medullyar va pastdifferensiallashgan saraton belgilarini tashxislash natijasida bemorlar hayot sifatini yaxshilash, nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan.