Yanova Elvira Umarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimmerle anomaliyasi bilan vertebrobazilar zonasida qon aylanishining buzilishini tashxislashda zamonaviy nurli tekshirish usullarining imkoniyatlarini baholash» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1433.
Ilmiy rahbar: Mardieva Gul`shod Mamatmuradovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Akrom Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Umida Muxtarovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kimmerle anomaliyasi bilan vertebrobazilar zonasida qon aylanishining buzilishini tashxislashda zamonaviy nurli tekshirish usullarining imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimmerle anomaliyasini aniqlash uchun skrining usuli sifatida klassik rentgenografiya, uning turi va variantlarini tavsiflarini aniqlashtirish uchun esa mul`tispiral kompyuterli tomografiyaning ahamiyati isbotlangan;
mul`tispiral kompyuterli tomografik tekshiruvida 2 tomonlama kimmerle anomaliyasida suyakli ko‘prikchaning yopiq shakllari, 1 tomonlama anomaliyada esa chap tomondagi joylashuvi ko‘proq uchrashi isbotlangan;
kimmerle anomaliyasida vertebrobazilar havza tomirlari gemodinamikasini baholashda, atlasning suyakli halqasi yopiq bo‘lgan variantda umurtqa arteriyasida qon oqimining tezligi ifodalangan darajada, yarim yopiq variantda esa o‘rtacha ifodalangan darajada pasayishi tufayli transkranial dopplerografiyaning ahamiyati asoslangan;
kimmerle anomaliyasining disangiogenez tashxisotida mavjud bo‘lgan magistral arteriyalar va katta miya arterial doirasi tuzilishining ko‘p uchraydigan variantlarini baholashda magnit rezonansli angiografiyaning samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimmerle anomaliyasi bilan vertebrobazilar zonasida qon aylanishining buzilishini zamonaviy nurli tekshirish usullarining o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kimmerle anomaliyasi bilan vertebrobazilar sohada qon aylanishining buzilishini zamonaviy nurli tekshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Vertebrobazilar zonadagi tomirlarning ul`tratovushli tashxisot usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8-n/z250-son ma’lumotnomasi). Natijada rangli dupleksli skanerlash asosida patologik o‘zgarishlarning butun doirasini, ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan arterial devorning elastik xususiyatlarining pasayishi va erta aterosklerotik o‘zgarishlardan tortib, tomirlarning okklyuzion zararlanishigacha bo‘lgan o‘zgarishlarni samarali tashxislash orqali ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Kimmerle anomaliyasi bilan vertebrobazilar zonasida qon aylanishining buzilishini zamonaviy nurli tekshirish usullarining o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli markazi hamda «AZIYA MEDIK NEO» ma’suliyati cheklangan jamiyatining klinik-tashxislash markazning nurli tashxisot bo‘limi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 iyul`dagi 08-20548-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi vertebrobazilar sohadagi qon aylanishining buzilishi tashxisotida nurli tekshirish usullarining bosqichlarini asoslash, vertebrobazilar zonadagi qon aylanishi buzilishining ul`tratovushli tekshiruvini maqbullashtirishga va u bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar sonini kamaytirish, vertebrobazilar sohadagi tomirlarni ul`tratovushli tashxisotini yaxshilash, vertebrobazilar sohadagi tomirlarning tashxisot sifati yaxshilash, asoratlar va o‘lim holatlarining kamaytirish imkonini bergan.