Xabibullaev Donier Anvarjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):   “Polikomponent yangi turdagi matolar uchun xom ashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”  mavzusidagi 05.06.02 –  “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2307.
Ilmiy rahbar: Aripdjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Alisher Yusupjonovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi turdagi polikoponentli gazlama olish uchun tabiiy jun,  poliefir,  tabiiy ipak tolalari aralashmasidan yigirilgan ip kalava ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va olingan iplarni, matolarni fizik-mexanik xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jun, poliefir va tabiiy ipak tolalarini ma’lum ulushlarda qatlamlardan foydalanilgan holda aralashma hosil qilish orqali ilk bor polikomponent yigirilgan ip olish texnologiyasi yaratilgan;
qo‘y junlarining ingichka, yarimingichka va yarimdag‘al turlarini xususiyatlari aniqlangan, ularni tabiiy ipak hamda poliefir tolalari bilan qo‘shib ishlashga mosligi ilmiy asoslangan hamda yangi aralashtirish usuli ishlab chiqilgan;
 polikomponent yigirilgan ip ishlab chiqarishda tabiiy ipak va jun tolalariga sintetik tolalarni qo‘shishning ratsional ulushlari aniqlangan;
tabiiy ipak, jun poliefir tolalarini qatlamlar orqali aralashtirib, yigirish usuli bilan mustahkamligi yuqori bo‘lgan polikomponent ipi olingan va fizik-mexanik xususiyatlari sof jundan tayyorlangan ipga hamda to‘qimaga nisbatan sezilarli darajada yaxshilangan ipak jiloli polikomponent mato ishlab chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Polikomponent yangi turdagi gazlamalar uchun xom ashyo tayyorlash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy ipak tolali chiqindilari, jun va poliefir tolalaridan aralash yigirilgan ip kalava olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi Intellektual Mulk Agentligining ixtiro uchun (IAP 06302) patenti olingan. Natijada ushbu usuldan foydalanish orqali polikomponent gazlamalari olish uchun aralash tolalardan yigirilgan ip kalava tayyorlash texnologiyasi yaratilgan;
polikomponent yangi turdagi gazlamalar uchun xom ashyo tayyorlash texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan , «Osborn textile» MChJ, «Uzwoolentex» MChJ, «Lyuks plyus servis» MChJ korxonalarida («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 1 avgustdagi 4-2/1605 sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada, aralash tolalardan yigirilgan ip kalava olish, yangi texnologiya va usulda ishlab chiqarilgan yigirilgan ip kalavalar assortimentini qo‘llashda mehnat unumdorligini 10-15 %-ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish