Yuldasheva Saxiba Shamurzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Taraxasum turkumi ayrim turlarining bioekologik xususiyatlari va ulardan foydalanish», 03.00.10 - Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B529.
Ilmiy rahbar: Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xojimatov Olimjon Qaxxorovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil sharoitlarda o‘sadigan T. officinale va T. kok-saghyz turlarining ayrim bioekologik xususiyatlari va texnogen sharoitdagi ayrim kimyoviy tarkibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Taraxacum officinale va Taraxacum kok-saghyz turlarining urug‘ unuvchanligi va ularning turli tuproq namunalarida o‘sish va rivojlanishi aniqlangan;
T. officinale va T. kok-saghyz turlari ko‘chatlaridan ko‘chirib o‘tkazilgan nihollarining morfobiologik xususiyatlari ochib berilgan;
ilk bor texnogen ifloslangan hududlardan yig‘ilgan T. officinale va T. kok-saghyz turlarining organlarida 44 ta kimyoviy elementlar, 20 ta erkin aminokislotalar hamda pestisidlar miqdori aniqlangan;
T. officinale va T. kok-saghyz turlarda og‘ir metallar akkumulyasiyasi jarayonida edafik omillarning ta’siri isbotlangan;
ilk bor T. officinale turini atrof-muhit ifloslanishini aniqlashda bioindikatorlik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Taraxacum Wigg turkumi ayrim turlarining bioekologik xususiyatlari va ulardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
T. kok-saghyz o‘simligini O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish, sanoat plantatsiyalarini yaratish, farmatsevtika sanoatida dorivor o‘simlik sifatida foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 avgust 02/026-3605-son ma’lumotnomasi). Natijada, T. kok-saghyz turini farmatsevtika sanoatida dorivor o‘simliklarning yangi xom-ashyo bazasi sifatida plantatsiyasini tashkil etish imkonini bergan;
T. officinale va T. kok-saghyz turlari Toshkent Botanika bog‘i, Toshkent shahar Hokimiyati obodonlashtirish Bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilishning turli hududlarida atrof-muhitning ifloslanishini bioindikatorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 noyabrdagi 03-02/8-1802-son ma’lumotnomasi). Natijada, T. kok-saghyz turini introduksiya qilish hamda T. officinale turini atrof-muhit ifloslanishi natijasidagi bioindikator xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish