Yuldasheva Nafisa Saidnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3069.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Djuraev Dustmurod, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tayyorligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tayyorligi ularning shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirish bosqichlarini didaktik integratsiyalash hamda tashkiliy-funksional imkoniyatlarini divergent va konvergent tafakkur shakllariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik tayyorlik modeli pedagogik faoliyatning tarixiy – ilmiy qadriyatlar hamda frontal, individual pedagogik topshiriqlar integratsiyasini barqaror sifat ko‘rsatkichlariga proporsionalligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning hamkorlik faoliyati tarixiy, ilmiy-pedagogik qadriyatlar o‘quv materiallarini mantiqiy va dialektik fikr me’yorlariga mos o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat usulini vektorli maqsadga variativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik tayyorligi monitoringi tarixiy, ilmiy-pedagogik qadriyatlarni plyuralistik qarashlar orqali o‘zlashtirish, didaktik-aksiologik yondashuvlar mexanizmlarining refleksivligini shaxsning individual ehtiyojlariga vektorli yo‘naltirish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarida aksiologik yondashuv asosida pedagogik tayyorligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tayyorligi ularning shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini shakllantirish bosqichlarini klassifikatsiyalash hamda tashkiliy-funksional imkoniyatlarini divergent va konvergent tafakkur shakllariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4271/04-son dalolatnomasi). Natijada, ilmiy-pedagogik qarashlarini o‘rgatishning tizimini takomillashgan;
talabalarning pedagogik tayyorlik modeli pedagogik faoliyatning tarixiy – ilmiy qadriyatlar hamda frontal, individual pedagogik topshiriqlar integratsiyasini barqaror sifat ko‘rsatkichlari oshib borishiga proporsionalligini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar asosida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan berilgan 356/7-083-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi kurslari ilmiy-pedagogik qarashlarini o‘rgatishning didaktik tizimini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan boyitilgan;
talabalarning hamkorlik faoliyati tarixiy, ilmiy-pedagogik qadriyatlar o‘quv materiallarini mantiqiy va dialektik fikr me’yorlariga mos o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat usulini vektorli maqsadga variativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar asosida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan berilgan 356/7-083-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy-pedagogik qarashlarini o‘rgatishning didaktik tizimini rivojlantirish mexanizmlari amaliyotda qo‘llash samaradorligi oshirilgan;
talabalarning pedagogik tayyorligi monitoringi tarixiy, ilmiy-pedagogik qadriyatlarni plyuralistik qarashlar orqali o‘zlashtirish, didaktik-aksiologik yondashuvlar mexanizmlarining refleksivligini shaxsning individual ehtiyojlariga vektorli yo‘naltirish asosida aniqlashga oid tavsiyalar asosida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 8 avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan berilgan 356/7-83-son dalolatnomasi). Natijada, talabalar ilmiy-pedagogik qarashlarini o‘rgatishning didaktik tizimini fasilitatsion ta’lim jarayonida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.