Hashimova Gulsina Ismoyilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy madaniyatining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. PhD/Fa1347.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Suxrob Dusmuratovich, falsafa fanlari doktori, professor; Negmatov Bobir Madjitovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy madaniyatining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy madaniyat turli sub’ektlardagi harbiy faoliyat motivatsiyasi va regulyasiyasini ta’minlovchi me’yoriy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy va ramziy elementlar majmui ekanligi asoslanib, milliy armiya harbiy madaniyatini shakllanishidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, davr ruhi, siyosiy-ijtimoiylashuv singari sub’ektiv va harbiy tizimdagi o‘ziga xos tartibga asoslanganlik, qadriyatlarning ustunligi kabi ob’ektiv omillari ochib berilgan;
harbiy madaniyatning rasmiy, norasmiy elementlari, semiotik va ramziy o‘ziga xos xususiyatlari hamda urush sharoitda oshkora va tinchlik davrida yashirin shaklda namoyon bo‘lishi kabi submadaniyatlari asoslab berilgan;
milliy armiya harbiy madaniyatining genezisi va harbiy etosi asoslanib, uning o‘zagini tashkil qilgan harbiy-siyosiy madaniyat, buyruq va ijro madaniyati, harbiy-texnik va intizom madaniyati, shaxsiy tarkibni munosabat madaniyati jamiyatdagi mavjud madaniyat bilan integratsiyalashuvning natijasi ekanligi asoslangan;
huquqiy demokratik davlat siyosatiga harbiy madaniyatning mos kelishi, mamlakatdagi sog‘lom ma’naviy muhit, davlatning geostrategik imkoniyatlari, aholining harbiy ong va faollik darajasi hamda mamlakatda olib borilayotgan harbiy islohotlar O‘zbekistonda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy madaniyati taraqqiyotining muhim omili ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining harbiy madaniyatini tahlil qilish asosida:
harbiy madaniyat, turli sub’ektlardagi harbiy faoliyat motivatsiyasi va regulyasiyasini ta’minlovchi me’yoriy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy va ramziy elementlar majmui ekanligi asoslanib, milliy armiya harbiy madaniyatini shakllanishidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, davr ruhi, siyosiy-ijtimoiylashuv singari sub’ektiv va harbiy tizimdagi o‘ziga xos tartibga asoslanganlik, qadriyatlarning ustunligi kabi ob’ektiv omillari ochib berilishiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tizimida 2021 yilda o‘tkazilgan «Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni» ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 11 martdagi 5/1/414-son ma’lumotnomasi). Natija yuqori professional, harbiy va vatanparvarlik burchiga, o‘z xalqiga, harbiy Qasamyodiga sadoqatli shaxsiy tarkibni tarbiyalashga xizmat qilgan;
harbiy madaniyatning rasmiy, norasmiy elementlari, semiotik va ramziy o‘ziga xos xususiyatlari hamda urush sharoitda oshkora va tinchlik davrida yashirin shaklda namoyon bo‘lishi kabi submadaniyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston MTRKning «Yoshlar» telekanalida 2021 yil 6 oktyabrda, 2022 yil 9 yanvarda namoyish etilgan «Vatanparvar» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining 2022 yil 7 martdagi 111-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy armiyamizning harbiy madaniyati, uning kelib chiqishi, o‘ziga xos xususiyatlari masalalariga oid ma’lumotlar jamoatchilikka etkazilgan va teletomoshabinlarda Vatanga yuksak muhabbat, Qurolli Kuchlarimizdan g‘ururlanish va harbiy sohaga bo‘lgan hurmatni yanada takomillashishiga xizmat qilgan;
milliy armiya harbiy madaniyatining genezisi va harbiy etosi asoslanib, uning o‘zagini tashkil qilgan harbiy-siyosiy madaniyat, buyruq va ijro madaniyati, harbiy-texnik va intizom madaniyati, shaxsiy tarkibni munosabat madaniyati jamiyatdagi mavjud madaniyat bilan integratsiyalashuvning natijasi ekanligi ochib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti markaziy kengashi faoliyatida, jumladan, tashkilotning yangi tahrirdagi Ustavi XI bobida belgilangan «Tashkilot mamlakatimiz yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, Vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan o‘rnatilgan tartibda hamkorlik qilishi va ularga har tomonlama ko‘maklashish» vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining 2021 yil 13 dekabrdagi 1/885-son ma’lumotnomasi) Natijalar harbiy xizmatchilar hamda yoshlarni harbiy ongini rivojlantirishga, harbiylik kasbiga hurmat hissini shakllantirishga xizmat qilgan;
huquqiy demokratik davlat siyosatiga harbiy madaniyatning mos kelishi, mamlakatdagi sog‘lom ma’naviy muhit, davlatning geostrategik imkoniyatlari, aholining harbiy ong va faollik darajasi hamda mamlakatda olib borilayotgan harbiy islohotlar O‘zbekistonda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy madaniyati taraqqiyotining muhim omili ekanligi dalillangan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan 2021 yilda o‘tkazilgan «Qurolli Kuchlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni va roli», «Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati» kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2022 yil 3 martdagi 2586-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni his qiladigan harbiy xizmatchilarni tarbiyalashga, ularning ma’naviy-madaniy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.