Shabbazova Dilfuza Ruzikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonida shaxsiy qadriyatli yondashuvni takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2757.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonida shaxsiy qadriyatli yondashuvni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonida shaxsiy qadriyatli yondashuvning individual hamda guruhiy yo‘nalishlari aniqlashtirilib, pedagogik kuzatuv, jamoaviy va individual suhbat asosida o‘quvchilarning shaxsiy-ta’limiy qadriyatlari asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirishga shaxsiy-qadriyatli yondashuvning strategik modeli milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda shaxsiy qadriyatlarni psixologik-pedagogik mezonlarga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonida shaxsiy qadriyatli yondashuv samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan individual va jamoaviy rivojlantiruvchi “Qadriyatli munosabatlarni shakllantirish” dasturi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilar savodxonligini oshirish metodikasi “Aqliy hujum”, “Qadrlash”, “Men kimman?”, “Shaxsiy fazilatlar” nomli psixologik-pedagogik treninglar hamda “Menga yoqadigan bayramlar”, “Ajdodlar merosi” kabi tadbirlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonida shaxsiy qadriyatli yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonida shaxsiy qadriyatli yondashuvning individual hamda guruhiy yo‘nalishlari tizimlashtirilib, , xalq ta’limi tizimidagi ilg‘or tajribalarni kuzatish, pedagogik kuzatuv, jamoaviy va individual suhbat, so‘rov, test, matematik-statistik tahlil metodlari asosida o‘quvchilarning shaxsiy-ta’limiy qadriyatlari aniqlashtirilganligiga oid xulosalardan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 11 oktyabrdagi 289/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limga shaxsiy qadriyatli yondashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni tizimlashtirish imkonini bergan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirishga shaxsiy-qadriyatli yondashuvning strategik modeli milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hamda shaxsiy qadriyatlarni psixologik-pedagogik mezonlarga muvofiq tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan oid ma’lumotlardan “O‘qish darsida shaxsiy qadriyatli yondashuv elementlaridan foydalanish” nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim Markazining 2021 yil 5 oktyabrdagi 01/11-01/10-1419-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim metodik ta’minotini takomillashtirish orqali o‘qitish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonligini oshirish jarayonida shaxsiy qadriyatli yondashuv samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “Qadriyatli munosabatlarni shakllantirish” nomli individual va jamoaviy rivojlantiruvchi dasturdan Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo viloyatlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan pedagogik eksperimentda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim Markazining 2021 yil 5 oktyabrdagi 01/11-01/10-1419-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini oshirishga shaxsiy qadriyatli yondashuvni amalga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish