Bakieva Muxabbatxon Kamaliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped.1061.
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishda pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z tarbiyasi va rivojlanishiga ongli munosabatni bildiruvchi shaxs sifatida qarashini ifodalovchi yondashuvlarni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishning mustaqillik, yosh xususiyatlarini inobatga olish, faollik kabi tamoyillari ularning faoliyat jarayonida o‘zidagi kuchli akmeologik jihatlarini namoyon qilishga asoslangan hayotiy faoliyatning tashkiliy darajasi demokratik shaklini o‘zlashtirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishda o‘zlikni anglash, o‘z xatti-harakatining jamiyat talablariga mosligini ta’minlash, o‘z meniga ega bo‘lishi, jamiyat a’zolari bilan muloqotga kirisha olishi imkoniyatini oshirish orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishning motivatsion, kognitiv, introversiv va xulq-atvorga doir komponentlari psixologik, fiziologik, xatti-harakatini boshqarish jarayonlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan:
boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishda pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z tarbiyasi va rivojlanishiga ongli munosabat bildiruvchi shaxs sifatida qarashini ifodalovchi yondashuvlarni shakllantirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi Gender tengligi masalalari bo‘yicha tadqiqotlar markazi Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil maydagi 02/08-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishda maktab va oilalarda qo‘llanilayotgan ijobiy va salbiy metodlar klassifikatsiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishning mustaqillik, yosh xususiyatlarini inobatga olish, faollik kabi tamoyillari ularning faoliyat jarayonida o‘zidagi kuchli akmeologik jihatlarini namoyon qilishga asoslangan hayotiy faoliyatning tashkiliy darajasi demokratik shaklini o‘zlashtirish orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati”ning Andijon viloyat bo‘limi targ‘ibotchilari tomonidan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” turkumidagi mavzularni o‘tishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil maydagi 02/08-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini shakllantirishning pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishda o‘zlikni anglash, o‘z xatti-harakatining jamiyat talablariga mosligi, o‘z meniga ega bo‘lishi, jamiyat a’zolari bilan muloqotga kirisha olishini anglash imkoniyatini yaratish orqali aniqlashtirishga hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchi qizlarida ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirishning motivatsion, kognitiv, introversiv va xulq-atvorga doir komponentlari – ularning psixologik, fiziologik, xatti-harakatini boshqarish jarayonlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan OT-F-1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” (2017-2020 y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 30 apreldagi 01/11-01/5-541-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish orqali innovatsion fikrlash, mafkuraviy immunitet, mas’uliyatlilik, huquqiy madaniyat kabi muhim fazilatlarni tarkib toptirish shakllari takomillashtirilgan.