Jo‘raev Rustam Mehriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «-simmetrik darajali fazolarning kardinal va topologik xossalari», 01.01.04 – Geometriya va topologiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Beshimov Ro‘zinazar Bebutovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Zaitov Adilbek Ataxanovich (Toshkent arxitektura-qurilish instituti); fizika-matematika fanlari doktori, professor Raximov Abdug‘ofur Abdumajidovich  (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti). 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi -simmetrik darajali fazolarning kardinal va topologik xossalarini hamda tekis o‘lchovlilik xossalarini joriy  qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G-simmetrik darajali funktor topologik fazolarning zichligini, sust zichligini, lokal sust zichligini, xarakterini, to‘r salmog‘ini saqlashi isbotlangan; 
kvadrat ko‘paytmada nomanfiy funksiya qurilgan va bu funksiya G-simmetrik darajali fazolarda metrika hosil qilishi ko‘rsatilgan; 
G-simmetrik darajali funktor topologik fazolarning metrikalashganlik xossasini saqlashi isbotlangan; 
simmetrik darajali to‘plamda tekis o‘lchov strukturasi kiritilgan hamda tekis o‘lchovli fazo va uning simmetrik darajali fazosining salmoqlari ustma-ust tushishi isbotlangan; 
ko‘paytmada aniqlangan ushbu  akslantirish tekis uzluksiz va tekis ochiqligi isbotlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: -simmetrik darajali fazolarning kardinal va topologik xossalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
funktorining normal funktor ekanligidan Qirg‘izston Respublikasi Milliy FA Matematika institutining «Tekis o‘lchovli topologiya va tekis uzluksiz akslantirishlar hamda ularning topologik algebra va funksional analizga tadbiqlari» nomli granti loyihasida tekis fazolarning topologik va kardinal xossalariga oid muhim masalalarni echishda foydalanilgan (Qirg‘izston Respublikasi Milliy FA Matematika institutining 2022 yil 19 maydagi 10/04-44 raqamli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi kompakt fazolarida harakatlanayotgan kovariant funktorlarning kardinal invariantlarini baholash imkonini bergan.
Simmetrik darajali fazoning metrikalashganligi, to‘la chegaralanganligi, -simmetrik darajali funktorning ba’zi kardinal xossalarni saqlashidan Samara davlat texnika universitetining “Plazmali texnologiyalar” nomli granti loyihasida o‘tkazgich solishtirma zichligini  aniqlashda foydalanilgan (Samara davlat texnika universitetining 31-may 2022 yildagi № 01.02.02/1539 raqamli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi, xususan, Simmetrik darajali funktorlar ta’siri akslantirishlarning tekis uzluksizligini va tekis ochiqligini saqlashi, oddiy differensial tenglama echimlari fazosining aksiomatik modelini qurish, uni ko‘plab turdagi tenglamalarga kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish