Baxriddinov Habibullo Zuxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “11-15 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1PhD/Ped1442.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuhratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, dotsent; Hasanov Ahadjon Tursinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-9-sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida harakat tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
11-15 yoshli o‘quvchilarning tayyorgarligini oshirish uchun kross mashg‘ulotlaridagi fortlek usulida (past-baland joylarda) yuqoriga ko‘tarilayotganda chegaraviy bo‘lgan tezlanish bo‘yicha mushakning maksimal kuchga yuqori darajada ta’sir etish hamda pastga tushayotganda sur’atni pasaytirib, mushak kuchlanishining oldini olishga qaratilgan tezkor-kuch talab etadigan davriy mashqlarni (sakrashlar) qo‘llash hisobiga chidamlilik sifatini samarali rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
11-15 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishning harakat tayyorgarligida tananing to‘g‘ri holatini shakllantirish uchun ko‘krak, o‘mrov, elka, oyoq, bo‘g‘imidagi cho‘zilish orqali muskullarni bo‘shashtirish va taranglashtirishga qaratilgan fundamental bazani shakllantiruvchi maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulotga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
11-15 yoshli o‘quvchilarning egiluvchanlik jismoniy sifatini rivojlantirish uchun alohida bo‘g‘im va mushaklardagi dinamik sust harakatlarni statik kuchlanish bilan bajariladigan juftlikda cho‘zilishga yo‘naltirilgan mashqlarni aralash usulda qo‘llash hisobiga jismoniy tayyorgarligini oshirish uslubiyati takomillashtirilgan;
11-15 yoshli o‘quvchilarning harakat tayyorgarligini oshirish uchun ekstensiv metodi bo‘yicha (kichik og‘irlikdagi yukni ko‘p marotaba ko‘tarish) bajarilayotgan harakatning burchak o‘zgarishidagi mushak zo‘riqishi kuchining qiyinroq fazasida og‘irlikni ushlab turish hisobiga kuch sifatini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 11-15 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
11-15 yoshli o‘quvchilarning harakat tayyorgarligida fortlek usulidagi kross mashg‘ulotlarida mushak kuchlanishining oldini olishga qaratilgan tezkor-kuch talab etadigan davriy mashqlarni (sakrashlar) qo‘llash hisobiga chidamlilik sifatini samarali rivojlantirish metodikasi Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 125-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5-9-sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-07-08-2769-son ma’lumotnomasi). Natijada 11 yoshli o‘quvchilarda jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari chidamlilik sifati 19,6% ga, 12 yoshlilarda 18,8% ga, 13 yoshlilarda 19,9% ga, 14 yoshli o‘quvchilarda 21,5% ga, 15 yoshli o‘quvchilarda 21,5% ga yaxshilangan;
11-15 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun harakat tayyorgarligida mushaklarni bo‘shashtirish va taranglashtirishga qaratilgan fundamental bazani shakllantiruvchi osilishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasi Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 125-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5-9-sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654-085-sonli guvohnoma). Natijada 11 yoshli o‘quvchilarda tezkor-kuch sifati ko‘rsatkichlari 18,2% ga, 12 yoshlilarda 20,4% ga, 13 yoshlilarda 21,7% ga, 14 yoshli o‘quvchilarda 20,4% ga, 15 yoshli o‘quvchilarda 20,4% ga yaxshilangan;
11-15 yoshli o‘quvchilarning egiluvchanlik jismoniy sifatini rivojlantirish uchun alohida bo‘g‘im va mushaklardagi dinamik sust harakatlarni statik kuchlanish bilan bajariladigan mashqlar uslubiyati Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 125-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-07-08-2769-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 11 yoshli o‘quvchilarda egiluvchanlik sifati 20% ga, 12 yoshlilarda 21,1% ga, 13 yoshlilarda 18,8% ga, 14 yoshli o‘quvchilarda 19,6% ga, 15 yoshli o‘quvchilarda 19,6% ga yaxshilangan;
11-15 yoshli o‘quvchilarning harakat tayyorgarligini oshirish uchun ekstensiv metod talablari bo‘yicha bajarilayotgan harakatning burchak o‘zgarishidagi mushak tortishish kuchini ushlab turish hisobiga oshirish usullari Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 125-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5-9-sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-07-08-2769-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishda o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 11 yoshli o‘quvchilarda kuch sifati 21,4% ga, 12 yoshlilarda 20% ga, 13 yoshlilarda 20,7% ga, 14 yoshli o‘quvchilarda 21,2% ga, 15 yoshli o‘quvchilarda 20,6% ga yaxshilangan.