Muxsieva Aziza Shamsitdinovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1 DSc /Ped120
Ilmiy maslahatchi: Kuronov Muxammad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Djuraev Dusmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Yarmatov Rahim Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti/
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalar ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy integrativ tuzilma, ichki va tashqi ijtimoiylashuv jarayonlarining empirik darajasini amaliy g‘oyalar ta’sirchanligiga hamda barqaror taraqqiyotga moyilligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik-kvalimetrik jihatlari shaxsning hayotiy muammolarga echim topish ko‘nikmasi, ta’limiy-hayotiy tajriba hamda ijtimoiy qadriyatlaridan foydalanishga intensiv ta’sir ko‘rsatuvchi komponentlariga mos adekvatlik va validlikni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijodkorlik, raqamli savodxonlik, jamoaviylik, ijtimoiy majburiyat ko‘nikmalarini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan ta’lim traektoriyasini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish modeli startegik tashxislash, ota-onalar bilan ishlashda individual-psixologik, tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarning imkoniyatlarini individual ta’lim produktivlik darajasiga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti axloqiy tanlov, kouch texnologiyalari, psixo-fiziologik, antropologik, autopsixologik xususiyatlariga muvofiq situativ ta’lim identivligini akmeologik faollikga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalar ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy integrativ tuzilma, ichki va tashqi ijtimoiylashuv jarayonlarining empirik darajasini amaliy g‘oyalar ta’sirchanligiga hamda barqaror taraqqiyotga moyilligini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 martdagi 02-07-852/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda rivojlantirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy kompetensiyalarni tizimli loyihalash imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik-kvalimetrik jihatlari shaxsning hayotiy muammolarga echim topish ko‘nikmasi, ta’limiy-hayotiy tajriba hamda ijtimoiy qadriyatlaridan foydalanishga intensiv ta’sir ko‘rsatuvchi komponentlariga mos adekvatlik va validlikni aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 martdagi 02-07-852/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog-psixologlarni kouch-trenerlikka tayyorlash jarayoni samaradorligi oshgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ijodkorlik, raqamli savodxonlik, jamoaviylik, ijtimoiy majburiyat ko‘nikmalarini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan algoritmik bosqichlar ta’lim traektoriyasini loyihalash asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 martdagi 02-07-852/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, “Tarbiya” fanini o‘qitishga qo‘yiladigan didaktik va metodik talablarni takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish modeli startegik tashxislash, ota-onalar bilan ishlashda individual-psixologik, tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarning imkoniyatlarini individual ta’lim produktivlik darajasiga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ma’lumotlar “Tarbiya” fani bo‘yicha malaka talabalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 23 iyundagi 01/11-03/03-860-son ma’lumotnomasi). (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 martdagi 02-07-852/04 raqamli dalolatnomasi) Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarning shakllanganligini baholash jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti axloqiy tanlov, kouch texnologiyalari, psixo-fiziologik, antropologik, autopsixologik xususiyatlariga muvofiq situativ ta’lim identivligini akmeologik faollikga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 martdagi 02-07-852/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga erishilgan.