Odilova Sitora Sayfitdin qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meva sharbatlari brendini shakllantirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish”, 08.00.11 - “Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1173.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Akramov Tohir Aburaxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharifxodjaev Usmon Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi meva sharbatlari brendini shakllantirishning marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Sochnaya Dolina» milliy brendi mahsulotlar narxini shakllantirishda e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan iste’molchilar ta’sirchanligi va moyilligining pi=+10;20;30;40% → rc =-19,6;28,2;34;45,2% darajadagi «faol ta’sir diapazoni»ni aniqlash asosida meva sharbat mahsulotlari narx siyosatini takomillashtirish taklifi asoslangan;
milliy bozorda meva sharbatlari brendlari uchun iste’molchilar ta’sirchanligi va moyilligining o‘rta va uzoq muddatli tendensiyalari asosida chakana savdo aylanmasining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
milliy bozorda meva sharbatlari brendlarini shakllantirishning turli bosqichlari bo‘yicha iste’molchilar doirasi torayib borishining o‘rtacha darajasi (CRL=86,4%)da marketing kommunikatsiya xarajatlarini iste’molchilarni yo‘qotish nisbatan yuqori bo‘lgan xarid (lcp=56,8%) va takroriy xarid (lcrp=13,6%) bosqichlariga mutanosib tarzda tabaqalashtirish orqali tejash asoslangan; 
meva sharbatlari bozori bolalar segmenti talablariga moslashishning sotuv hajmiga ahamiyatli ta’siri (k=1,18–1,2)ga ko‘ra «Sochnaya Dolina» hamda «Tip-Top» sharbatlarining turli yoshdagi bolalar guruhlariga mo‘ljallangan qadoqlash xarajatlarini pasaytiruvchi, iste’mol uchun qulay, tejamkor hajmi va shakllari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Meva sharbatlari brendini shakllantirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sochnaya Dolina» milliy brendi mahsulotlar narxini shakllantirishda e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan iste’molchilar ta’sirchanligi va moyilligining pi=+10;20;30;40% → rc =-19,6;28,2;34;45,2% darajadagi “faol ta’sir diapazoni”ni aniqlash asosida meva sharbat mahsulotlari narx siyosatini takomillashtirish taklifidan «Natural Juice» MChJ tomonidan kompaniyaning 2020 yilga mo‘ljallangan “Mahsulot ishlab chiqarish, sotish hajmini oshirish va marketing dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 05/032-4657-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida «Natural Juice» MChJning «Sochnaya Dolina» brendi  doimiy iste’molchilari 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 3,9 foizga oshgan;
milliy bozorda meva sharbatlari brendlari uchun iste’molchilar ta’sirchanligi va moyilligining o‘rta va uzoq muddatli tendensiyalari asosida ishlab chiqilgan chakana savdo aylanmasining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlaridan «Marvel juice» MChJ faoliyatining istiqbol uchun “Mahsulot ishlab chiqarish, sotish hajmini oshirish va marketing dasturi”ni  shakllantirishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 05/032-4657-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida «Marvel juice» MChJning  2025 yilgacha bo‘lgan marketing dasturi qabul qilingan;
milliy bozorda meva sharbatlari brendlarini shakllantirishning turli bosqichlari bo‘yicha iste’molchilar doirasi torayib borishining o‘rtacha darajasi (CRL=86,4%)da marketing kommunikatsiya xarajatlarini iste’molchilarni yo‘qotish nisbatan yuqori bo‘lgan xarid (lcp=56,8%) va takroriy xarid (lcrp=13,6%) bosqichlariga mutanosib tarzda tabaqalashtirish orqali tejash taklifidan «Natural Juice» va «Marvel juice» MChJ tomonidan kompaniyaning 2020 yilga mo‘ljallangan “Mahsulot ishlab chiqarish, sotish hajmini oshirish va marketing dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 05/032-4657-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Natural Juice» MChJning «Sochnaya Dolina» brendiga sodiq iste’molchilar sonini 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 14 foizga, takroriy xarid qiluvchi iste’molchilarni 17 foizdan 25 foizga oshirishga erishilgan. Natijada korxonaning brend qiymati 1,9 foizga hamda «Marvel juice» MChJning «Tip-Top» brendiga sodiq iste’molchilar sonini 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 67 foizga, takroriy xarid qiluvchi iste’molchilarni 19 foizdan 24,6 foizga oshirishga erishilgan; 
meva sharbatlari bozori bolalar segmenti talablariga moslashishning sotuv hajmiga ahamiyatli ta’siri (k=1,18–1,2)ga ko‘ra «Sochnaya Dolina» hamda «Tip-Top» sharbatlarining turli yoshdagi bolalar guruhlariga mo‘ljallangan qadoqlash xarajatlarini pasaytiruvchi, iste’mol uchun qulay, tejamkor hajmi va shakllaridan foydalanish taklifidan «Natural Juice» MChJ tomonidan kompaniyaning 2020 yilga mo‘ljallangan “Mahsulot ishlab chiqarish, sotish hajmini oshirish va marketing dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 noyabrdagi 05/032-4657-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida «Natural Juice» va «Marvel juice» MChJning bolalar segmentidagi savdo hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 19 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish