Xojiev Rustam Muxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharbat ishlab chiqarish ikkilamchi xomashyosidan qandli konserva mahsuloti tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2269.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Shuxratjon Nuriddinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Choriev Abdusattor Jo‘raevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sabzi va olma sharbatlari ishlab chiqarishdagi ikkilamchi xomashyolardan qandli konserva mahsuloti tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sharbati olingan olma va sabzi ikkilamchi xom ashyosidan qandli konserva mahsuloti (povidlo) tayyorlashning ilmiy asoslangan reseptlari ishlab chiqilgan va uzluksiz, mexanizatsiyalashgan texnologik tizimning maqbul parametrlari aniqlangan;
olma va sabzi sharbatlari olingan ikkilamchi xom ashyoga NaCl eritmasi bilan ishlov berishda polifenol va karotinoidlarning o‘zgarishi isbotlanib, qandli konserva mahsulotining organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik, strukturaviy-mexanik va reologik xossalari aniqlangan;
turli ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalanilganda mahsulot tarkibidagi polifenol moddalar miqdori, diffuzion massa almashinishning vaqt davomiyligi va eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligi asoslangan;
olma sharbati ikkilamchi xom ashyosini maydalash jarayonining polifenol moddalariga ta’siri kuchli bo‘lishiga qaramasdan, 3% li NaCl eritmasi bilan 4-5 min. ishlov berilishi polifenol kompleksini barqarorlashtirishi, 5% li NaCl eritmasi bilan 7-8 min. ishlov berilishidan sabzi sharbati ikkilamchi xom ashyosining karotinoid kompleksining stablizatori ekanligi asoslangan;
olma va sabzi sharbatlari olingan ikkilamchi xom ashyodan povidlo tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharbat ishlab chiqarish ikkilamchi xom ashyosidan qandli konserva mahsuloti tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida qand saqlovchi konserva mahsuloti ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha isteqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 13 dekabrdagi 13-124/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, sharbat ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ikkilamchi xomashyodan oziqaviy va biologik qimmati yuqori konserva mahsulotlari assortimentini oshirish imkonini beradi;
sharbat ishlab chiqarish ikkilamchi yarimfabrikatidan pavidlo tayyorlash texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha isteqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 13 dekabrdagi 13-124/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, sharbati olingan olma va sabzi ikkilamchi xom ashyosidan qandli konserva mahsuloti povidlo tayyorlash va iste’mol bozoriga etkazib berish imkonini beradi.