Kambarova Dilfuzaxon Mirzakarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’limda o‘rta tibbiy xodimlarni amaliy kompetentligini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2641.
Ilmiy rahbar: Karimova Nozima Nurmuxamadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Salixodjaeva Rixsi Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta tibbiy xodimlarni amaliy kompetentligini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘rta tibbiy xodimlarning amaliy kompetentligi tarkibiy tuzilmasi kasbiy, umumiy kompetensiyalar hamda malakalarni real ish o‘rnida qo‘llash xususiyatlari (kvazi professional muhitda tibbiy manipulyasiyalarni bajara olish)ning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib optimallashtirilgan;
umumkasbiy va maxsus fanlarining simulyasion ta’limga asoslangan mashg‘ulotlari (vizual, taktil, reaktiv, avtomatlashtirilgan, apparatli, interaktiv, integrativ) asosida o‘quvchilarning kasbiy vazifalarni bajarish intensivligi vizuallik, ko‘rgazmalilik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda amaliy kompetentlikni rivojlantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi virtual, imitatsion vositalar, simulyasion ta’lim texnologiyalari va didaktik vositalari hamda ta’lim jarayoniga telemedisinani kiritish asosida takomillashtirilgan;
bemorlarga yordam ko‘rsatish oldidagi psixologik to‘siqni engib o‘tish, kritik va shoshilinch holatlarda ko‘rsatiladigan tadbirlar algoritmini tashkil etish qaratilgan “imitatsion o‘yinlar”, “kritik vaziyatlarni hal etish metodlari”, “muammoli vaziyatli videoroliklarni namoyish etish” kabi ta’lim metodlari va vositalarini umumkasbiy va maxsus fanlarini o‘qitishda qo‘llash orqali tibbiy ta’limning takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta tibbiy xodimlarni amaliy kompetentligini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida:
bo‘lajak o‘rta tibbiy xodimlarning amaliy kompetentligi tarkibiy tuzilmasi, kasbiy, umumiy kompetensiyalar hamda malakalarni real ish o‘rnida qo‘llash xususiyatlari ya’ni kvazi professional muhitda tibbiy manipulyasiyalarni bajara olish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid takliflari “Hamshiralik ishi va bemorni umumiy parvarish qilish” bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar va algoritmlar to‘plami” hamda “Amaliy kompetensiyalarni shakllantirish” o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-73-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar va o‘quv-uslubiy ta’minotdan tibbiy fanlarni o‘qitishda foydalanilgan;
o‘quvchilarni mustaqil va amaliy faoliyatga yo‘naltirish, tanqidiy fikrlash, to‘g‘ri qaror qabul qilishga, o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlarini rivojlantirish imkonini beruvchi simulyasion multimediali elektron resurslarni yaratishga doir taklif va tavsiyalar asosida tibbiyot yo‘nalishidagi kollejlar va texnikumlar uchun tayyorlangan “Hamshiralik ishi” multimediali elektron darsligi, simulyasion vositalarni qo‘llash metodikasi bo‘yicha videoroliklar to‘plami ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-73-son ma’lumotnomasi). Yaratilgan metodika, multimediali elektron resurslar o‘rta tibbiy xodimlarning tayyorlashda o‘qitish materiallari majmuasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bemorlarga yordam ko‘rsatish oldidagi psixologik to‘siqni engib o‘tish, kritik va shoshilinch holatlarda ko‘rsatiladigan tadbirlar algoritmini tashkil etish qaratilgan “imitatsion o‘yinlar”, “kritik vaziyatlarni hal etish” kabi ta’lim metodlari asosida amaliy kompetentlikni shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi va modeli ishlab chiqilib, tibbiyot kolleji va texnikumlari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 iyuldagi 5/12-4/2-73-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar o‘rta tibbiy xodimlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan.