Bustonov Mansurjon Mardonakulovichning
 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida iqtisodiy o‘sish omillarining ta’sirini baholash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.02 Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt217.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  G‘ulomov Saidahror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida iqtisodiy o‘sish omillarining ta’sirini baholash metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental nazariy-uslubiy va amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstensiv va intensiv o‘sish omillariga asoslangan iqtisodiy o‘sishning imitatsion modeli raqamli iqtisodiyot elementlarining joriy etilishi ta’sirida yuzaga keluvchi sifat omillari indikatorlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
iqtisodiy o‘sish sifatiga bog‘liq omillarning ta’sir doirasiga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning sifati YaIMSIF indikatori (0-1) “nol”dan “bir”gacha intervaldagi koeffisientlar o‘rtasidagi nisbatlarning o‘zgarishi orqali ifodalanuvchi ekonometrik model` yordamida ko‘rsatkichlarning samaradorlik indeksi aniqlangan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida turli sifat omillari kombinatsiyasining ta’sirini inobatga olingan holdagi iqtisodiy o‘sishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
iqtisodiy o‘sish sifat omillari ta’sirini baholashning samaradorligi mazkur jarayonlarning statistik ta’minoti va ma’lumotlardan foydalanishda jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan maxsus dasturlar va statistika kuzatuv shakllarining sifatiga bog‘liqligi nazariy asoslangan;
iqtisodiy o‘sishning intensiv va raqamli iqtisodiyot sharoitidagi modellari asosida mehnat unumdorligi, kapital unumdorligi hamda innovatsiyalar samaradorligi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni  ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni jalb etish va qo‘shimcha qiymat zanjirini takomillashtirish orqali bartaraf etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida iqtisodiy o‘sish omillarining ta’sirini baholash metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental nazariy-uslubiy va amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar asosida:
raqamli iqtisodiyot elementlarining joriy etilishi ta’sirida yuzaga keluvchi sifat omillari indikatorlarini kiritish orqali takomillashtirilgan ekstensiv va intensiv o‘sish omillariga asoslangan iqtisodiy o‘sishning imitatsion modeli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 02/22-01-10/10-327-son ma’lumotnomasi). Mazkur imitatsion modeldan foydalanish iqtisodiy o‘sish sifati (ekstensiv, intensiv va raqamli iqtisodiyot)ni ta’minlovchi nazariy-amaliy modellar asosida sifat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli ekonometrik modelini ishlab chiqish imkonini yaratgan;
iqtisodiy o‘sish sifatiga bog‘liq omillarning ta’sir doirasiga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning sifati YaIMSIF indikatori (0-1) “nol”dan “bir”gacha intervaldagi koeffisientlar o‘rtasidagi nisbatlarning o‘zgarishi orqali ifodalanuvchi ekonometrik model` yordamida ko‘rsatkichlarning samaradorlik indeksi aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 02/22-01-10/10-327-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy o‘sish sifatiga bog‘liq omillarning ta’sir doirasini namoyon etuvchi ekonometrik model` yordamida ko‘rsatkichlarning samaradorlik indeksi aniqlangan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida turli sifat omillari kombinatsiyasining ta’sirini inobatga olingan holdagi iqtisodiy o‘sishning 2026 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 02/22-01-10/10-327-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ssenariylaridan foydalanish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollarini belgilashdagi omillar va ko‘rsatkichlarning aniqligini oshirishga imkon yaratgan;
iqtisodiy o‘sish sifat omillari ta’sirini baholashning samaradorligi mazkur jarayonlarning statistik ta’minoti va ma’lumotlardan foydalanishda jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan maxsus dasturlar va statistika kuzatuv shakllarining sifatiga bog‘liqligining nazariy asosidan O‘zbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-704-son Qonunining 35-moddasini shakllantirishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining 2021 yil 30 maydagi 02/5-769-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mazkur qonuni loyihasining “Rasmiy statistikaning sifatini baholash” nomli 35-moddasidagi foydalanuvchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, statistika dasturlari va statistika kuzatuvlari shakllarining jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish tartibini belgilash imkoni yaratilgan;
iqtisodiy o‘sishning intensiv va raqamli iqtisodiyot sharoitidagi modellari asosida mehnat unumdorligi, kapital unumdorligi hamda innovatsiyalar samaradorligi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni  ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni jalb etish va qo‘shimcha qiymat zanjirini takomillashtirish orqali bartaraf etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 02/22-01-10/10-327-son ma’lumotnomasi). Mazkur imkoniyatlardan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini dasturlarini ishlab chiqishda foydalanish iqtisodiy o‘sishning qo‘shimcha omillari va zaxiralarini aniqlashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish