Abdullaeva Nazokat Amrulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta kompaniyalarining fond bozoridagi faoliyatini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1291.
Ilmiy rahbar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjibaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Imomov Umidjon G‘ayratjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta kompaniyalarining fond bozoridagi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (IPO, SPO) bilan bog‘liq operatsion, emitent-kompaniya rahbariyati tomonidan qaror qabul qilish, anderrayterning aksiyalar marketingi xavf-xatarlarini kompleks sug‘urtalashga oid yangi sug‘urta mahsuloti taklif etilgan;
emitentning investor oldidagi javobgarligini sug‘urtalashni joriy etilishi potensial investorlarni jalb qilishning ta’sirchan mexanizmi ekanligi ilmiy asoslangan;
ustav kapitalida davlat va xo‘jalik ulushi mavjud bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari aksiya paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy (IPO, SPO) taklif etish orqali xususiylashtirish taklif etilgan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari aksiyalarini xususiy, shu jumladan xorijiy institusional investorlarga sotish sharti bilan qo‘shimcha emissiya qilish orqali ularning ustav kapitalini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sug‘urta kompaniyalarining fond bozoridagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (IPO, SPO) bilan bog‘liq operatsion, emitent-kompaniya rahbariyati tomonidan qaror qabul qilish, anderrayterning aksiyalar marketingi xavf-xatarlarini kompleks sug‘urtalashga oid yangi sug‘urta mahsuloti bo‘yicha taklifi «ALSKOM» aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasining 2020 yildagi sug‘urta ta’rif siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («ALSKOM» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 yanvardagi 08-26-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 9-, 13-, 16-klass sug‘urta turlari uchun yangi sug‘urta mahsuloti yaratilib, 2020 yilning birinchi yarim yilligida 690 mln. so‘m tushumga erishilgan;
emitentning investor oldidagi javobgarligini sug‘urtalashni joriy etish orqali potensial investorlarni jalb qilish taklifi «ALSKOM» aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasining 2020 yildagi sug‘urta ta’rif siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («ALSKOM» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 yanvardagi 08-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, 13-, 16-klasslar sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lami kengayib, 2020 yilning birinchi yarim yilligida 405 mln. so‘mga ko‘paygan;
ustav kapitalida davlat va xo‘jalik ulushi mavjud bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari aksiya paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif (IPO, SPO) etish orqali xususiylashtirish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi PF-6096-son «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan («ALSKOM» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 yanvardagi 08-26-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilishga, davlat ulushini qisqarishiga, investisiyalarni jalb etishdagi rolini oshirishga erishilgan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari aksiyalarini xususiy, xorijiy institusional investorlarga sotish sharti bilan qo‘shimcha emissiya qilish orqali ularning ustav kapitalini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («ALSKOM» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 yanvardagi 08-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, nominal qiymati 1380 so‘m bo‘lgan 3630 mln. dona oddiy aksiyalar chiqarilgan va kompaniyaning ustav kapitali 25,1 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan.