Salomova Nilufar Qahhorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaytalangan ishemik va gemorragik insultlarni erkak va ayollarda birlamchi reabilitatsiya chora tadbirlarini optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2268.
Ilmiy rahbar: O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matmuradov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qaytalangan ishemik va gemorragik insultlarni birlamchi reabilitatsiya va davolash chora-tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qaytalangan ishemik va gemoppagik incul`t bilan og‘pigan bemoplapda zapaplanish o‘chog‘i lokalizasiyacini inobatga olgan holda kacallikning klinik va patogenetik xucuciyatlapi acoclangan;
epkak va ayollapda qaytalangan ishemik va gemoppagik incul`tning klinik kechishi va kacallikni keltipib chiqapuvchi etiopatogenetik xavf omillapi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan;
NIHSS shkalasi bo‘yicha S-reaktiv oqsil konsentratsiyasi va mehnatga layoqatli yoshda eng aniq namoyon bo‘ladigan nevrologik etishmovchilikning og‘irligi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
qaytalangan ishemik va gemoppagik incultning klinik va patogenetik xucuciyatlap hamda xavf omillapni hicobga olgan holda qaytalangan incult tashxiclangan bemoplapni peabilitasiya chopa-tadbiplapi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qaytalangan gemorragik hamda ishemik insult bo‘lgan erkaklar va ayollarda birlamchi reabilitatsiya choralarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qayta ishemik va gemorragik insult tashxislangan bemorlar reabilitatsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qayta ishemik va gemorragik insult tashxislangan bemorlar reabilitatsiyasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 8n-g/579-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ishemik va gemorragik insult qayta tashxislangan bemorlarni reabilitatsiya qilish usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
qaytalangan gemorragik hamda ishemik insult bo‘lgan erkaklar va ayollarda birlamchi reabilitatsiya choralarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi nevrologiya bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1266-son xulosasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi ishemik va gemorragik insult bilan kasallanishni oldindan aniqlash, reabilitatsiya qilish, kasallik asoratlari va nogironlikni kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.