Yarmuxamedova Nargiza Fotixovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemoblastozlarda LOR a’zolari kasalliklarining klinikasi, diagnostikasi va davolash», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib621.
Ilmiy rahbar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ryazansev Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Milan universiteti (Italiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitni klinik-genetik kechishini o‘ziga xosliklarini o‘rganish va samarali davolash kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemoblastozlarda LOR a’zolari kasalliklarining uchrash chastotasi hamda surunkali mieloleykozli bemorlarda regeneratsiya va reparatsiya jarayonining buzilishi sababli surunkali rinosinusitlarining atrofik shakli bilan kasallanish ko‘proq uchrashi aniqlangan;
surunkali mieloleykozli va surunkali mieloleykozsiz rinosinusitli bemorlar orasida TNF-α (G-308A), IL1β (C3953T) va IL6 (C-174G) gen polimorfizmlari, noxush alell va mutant genotiplariga nisbatan aniq tendensiyaning mavjudligi rinosinusitning rivojlanishiga olib keluvchi patologik jarayonlarni realizatsiyasida ularning genetik ahamiyati aniqlangan;
surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitlar rivojlanishini bashoratlashda TNF-α (G-308A), IL1β (C3953T) va IL6 (C-174G) yallig‘lanish oldi sitokinlari genlarining noxush genotiplari o‘zaro ta’sirining ahamiyati aniqlangan;
surunkali mieloleykozli bemorlarda surunkali rinosinusitlarni kechish xususiyatini inobatga olgan holda takomillashtirilgan davolash kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitni klinik-genetik kechishini o‘ziga xosliklarini o‘rganish va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali mieloleykozli bemorlarda LOR a’zolari kasalliklari klinikasi, diagnostikasi va davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Optimizatsiya effektivnosti lecheniya gnoyno-vospalitel`nix zabolevaniy nosa i okolonosovix pazux bol`nix s gemoblastozami» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 martdagi 8n-r/114-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitni davolashning optimal taktikasini tanlash hamda ixtisoslashtirilgan yordamni takomillashtirish imkonini bergan;
surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitlar rivojlanishini bashoratlashda genetik omillarning ahamiyati bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitning rivojlanishini erta aniqlashda genetik omillarni ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 iyuldagi 8n-r/619-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitlarni rivojlanishini bashoratlash hamda patologiyaning og‘irlik darajasini samarali aniqlash imkonini bergan;
surunkali mieloleykozli bemorlarda LOR a’zolari kasalliklari klinikasi, diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 avgustagi 8n-d/105-son va 2021 yil 5 avgustagi 8n-d/263-son ma’lumotnomalari). Natijada surunkali mieloleykozli bemorlarda rinosinusitlar rivojlanishini erta tashhislash, kasallikni samarali davolash majmuasini joriy qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.