- Asosiy sahifa
- Me’yoriy-texnik hujjatlar
-
1. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ochiq kollegial organlarimajlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi tartibi» O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan.
2. Mazkur tartib OAK Rayosati, OAK Tartib-qoida komissiyasi va Apellyasiya komissiyasining ochiq majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning ishtirokini ta’minlash tartibini belgilaydi.
3. Murojaat tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq holda OAK tomonidan ko‘rib chiqiladi.
OAK o‘rnatilgan tartibda axborotdan foydalanuvchilarga yozma ravishda tegishli ma’lumotlarni, jumladan axborotdan foydalanuvchilarni majlisga taklif qilish to‘g‘risida ma’lumot beradi -
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi xizmat siri hisoblangan materiallar va ularni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi qoidalar (Qoidalar) idoraviy xizmat siri hisoblangan materiallar va ularni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi tartibni belgilab beradi.
2. Qoidalarga muvofiq quyidagi yo‘nalishdagi materiallar xizmat siri hisoblanadi:
ekspert kengashlari faoliyati va a’zolari faoliyati to‘g‘risidagi xizmat hujjatlari;
apellyasiya komissiyasi faoliyati va a’zolari faoliyati to‘g‘risidagi xizmat hujjatlari;
yopiq attestatsiya ishlari hamda shunga muvofiq tegishli tuzilmalar faoliyati;
Tartib-qoida komissiyasi faoliyati to‘g‘risidagi xizmat hujjatlari;
OAK apparati ichki xizmat hujjatlari -
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) faoliyati bo‘yicha axborot olish uchun foydalanuvchi shaxsan o‘zi yoki qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uning vakolatli vakili orqali OAKga murojaat qilishi mumkin. OAK faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov og‘zaki yoki yozma shaklda (shu jumladan OAK veb-sayti orqali elektron hujjat shaklida) berilishi mumkin.
2. OAK faoliyati bo‘yicha so‘rovda foydalanuvchining pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, foydalanuvchining to‘liq familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi, agar so‘rov yuridik shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa tashkilot nomi, manzili va mansabdor shaxsning F.I.Sh. ko‘rsatilishi shart.
3. OAK faoliyati bo‘yicha axborotlar davlat tilida yoki so‘ralayotgan tilda taqdim etiladi.
4. Qonunda belgilangan talablar asosida anonim deb topilgan so‘rov ko‘rib chiqilmaydi -
«Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 5-bandiga muvofiq tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida fan doktori (DSc) ilmiy darajasi (ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda), muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi OAK Rayosati qarori bilan istisno tariqasida dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkinligi belgilangan.
-
«Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 5-bandiga muvofiq salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori, Ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop etgan muallifga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi hamda 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi dissertatsiya himoyasisiz istisno tariqasida berilishi mumkin.
-
«Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 5-bandiga muvofiq fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan kamida uchta ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi hamda uchtagacha ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi dissertatsiya himoyasisiz istisno tariqasida berilishi mumkin.
Ixtiro yoki seleksiya yutug‘i muallifiga falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish uslubiy jihatdan quyidagilar asosida amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari
- Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
- Hujjat loyihalari
- Kuchini yo‘qotgan me’yoriy hujjatlar
- Me’yoriy-texnik hujjatlar
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bitim va xalqaro shartnomalari
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering