-
-
-
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi: 1-ustuvorlik: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; 2-ustuvorlik: mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; 3-ustuvorlik: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; 4-ustuvorlik: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; 5-ustuvorlik: ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; 6-ustuvorlik: milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; 7-ustuvorlik: mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Matbuot
-
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 26 mayda qabul qilingan “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda uning ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda tibbiyot fanlariga ixtisolashgan respublikadagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar raislari, ilmiy kotiblar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Seminarda dastlab Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.b Abdulaziz Shermuhamedov va bosh inspektor Aziz Zufarov tomonidan Farmonda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ilmiy kadrlar tayyorlash va attestatsiya qilish tizimida nazarda tutilgan yangiliklar hamda ularni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. -
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Yoshlar kuni” doirasidagi muloqotlar yoshlarning Vatan ravnaqi, uning yorqin istiqboli yo‘lida birlashib, barcha sohalarda faol harakat qilishiga, yurt taraqqiyotiga o‘zini dahldor bilishga rag‘bat uyg‘otayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. -
Ilm-fan va ta’lim-tarbiya rivoji dunyo tamaddunlariga asos. Tinchlik va farovonlik hukum surgan jamiyatda esa ilm-fanga rag‘bat va yosh avlod ta’lim- tarbiyasiga e’tibor kuchayadi. Bu muhit tabiiy ravishda ilm va ma’rifat ahlini o‘ziga ohanrabodek tortishi haqiqat.
Bugungi kunda yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etish borasida uzluksiz ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim va ilm-fan sohasini modernizatsiya qilish, xalqaro akademik integratsiyani kuchaytirish borasidagi izchil islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Bunda ayniqsa, xizmatlar ko‘rsatish sohalarini ham o‘zaro integratsiya qilgan holda davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliyotga tatbiq etilayotgan yangiliklar e’tiborlidir. Ana shunday muhim qadamlardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 apreldagi 161-son qarori bilan «Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti» tasdiqlandi.
Mazkur hujjat xorijiy mamlakatlarda falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) va ularga tenglashtirilgan ilmiy darajalarni olgan shaxslarning huquqiy maqomini aniq belgilash, davlat xizmatlarini soddalashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga qaratilgan.
Yangi reglamentning asosiy vazifasi xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olish jarayonini shaffof, raqamli va yagona mexanizm asosida tashkil etishdan iborat. Bunda davlat xizmati to‘liq raqamlashtirildi; murojaatlarni onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi; hujjatlarni ko‘rib chiqish bosqichlari aniq belgilandi; talabgorlarning huquqlari kafolatlandi; qarorlar yuzasidan apellyatsiya berish mexanizmi takomillashtirildi. -
Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Yoshlar kuni” doirasidagi bevosita muloqotlar yoshlarning Vatan ravnaqi, uning yorqin istiqboli yo‘lida birlashib, barcha sohalarda faol harakat qilishga, yurt taraqiyotiga o‘zini dahldor bilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
30 aprel kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T.Yusupov yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, 55 nafar ilmiy-pedagogik jamoa, xususan, 45 nafar yosh mutaxassis-o‘qituvchilar, doktorant va mustaqil tadqiqotchi yoshlar ishtirok etdi. -
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi asosida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli hukumat tizimi joriy etilmoqda. Bu jamiyatda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilayotganini yaqqol ko‘rsatgan holda endilikda xalqimiz davlat xizmatlari, ijtimoiy xizmatlar sohalaridan hech bir murakkabliksiz, uydan chiqmagan holda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 apreldagi 161-sonli “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaror shu ma’noda muhim ahamiyatga ega. Zero, mazkur hujjatning qabul qilinishi endilikda xorijda olingan ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatlarni ortiqcha qiyinchiliksiz tan olinishi (nostrifikatsiyasi) bo‘yicha hujjatlarni yuborish va qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Bugun Oliy attestatsiya komissiyasida mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot tashkilotlari mas’ullari uchun amaliy seminar o‘tkaziladi. Unda ilmiy jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
| Ko‘rsatkichlar | Jami | Jumladan | Shundan 2021 yilda | ||
| Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | ||
| Ilmiy darajalarda tasdiqlanganlar soni | 7535 | 1863 | 5672 | 351 | 1976 |
|---|---|---|---|---|---|
| Ko‘rsatkichlar | Jami | Shundan 2021 yilda |
| Ilmiy unvonlarda tasdiqlanganlar soni | 5695 | 1535 |
|---|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2017 yilning 1 iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimning joriy qilinishi tarixiy ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni ta’lim va fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida iqtidorli yoshlarni keng jalb qilish va ularning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering







