Kamalova Dilnoza Yusupbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qoraqalpog‘iston tarixiy yodgorliklari va ularning atrof-muhit bilan uyg‘unligini ta’minlash istiqbollari, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/A51.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Ilmiy rahbar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.A.04.01.
Rasmiy opponentlar: Shoisoev Izzatullo Kenjaevich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent; Boboeva Madina Shamsiddinovna, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonning qadimiy va o‘rta asr arxitekturaviy yodgorliklarining hozirgi holatini monitoring qilish, ular bo‘yicha AKT yordamida elektron ma’lumotlar bankini yaratish, yodgorliklarning atrof-muhit bilan uyg‘unligini ta’minlash istiqbollari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Qoraqalpog‘iston hududidagi qadimgi Xorazmning antik davrga oid gil xomashyoli arxitektura qal’alarining atrof-muhit bilan uzviy bog‘liqligi asoslanib, me’morchilik tarixini uch davrga ajratish (Zardushtiylik mafkurasi asosida qurilgan qal’a va  me’moriy obidalar, Islom madaniyati talabi asosida qurilgan me’moriy inshootlar, zamonaviy shaharsozlik va anʼanaviy  uy-joylar) mumkinligi asoslangan;
Qoraqalpog‘istondagi maqbaralar me’moriy kompozisiyon tuzilishiga ko‘ra bir gumbazli-peshtoqli, ko‘p gumbazli-peshtoqli, gumbazli-peshtoqsiz, peshtoqsiz-gumbazsiz, nosimmetrik va aralash qurilmali (doira shaklidagi ravoqsimon, gumbazli, peshtoqsiz, dahlizli) kabi turlarda shakllanganligi aniqlangan; 
Qoraqalpog‘istonda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida ikki yo‘nalishda (bir kunlik - marshrut uzunligi 200 km, 7 ta tarixiy maqbaralar va ikki kunlik - marshrut uzunligi 450 km, 22 ta tarixiy maqbaralarni qamrab olgan) “Ziyarot turizmi xalqasi” ishlab chiqilgan;
 “Gaur qal’a”, “Guldursun qal’a” va “Iyshan qal’a” yodgorliklaridan olingan qurilish materiallari namunalarining siqilishdagi mustahkamlik ko‘rsatkichlari (Rsiq=2,5–2,8 MPa) va saqlanish darajasi ilk marotaba laboratoriya sinovlari asosida aniqlanib, ularning konstruktiv barqarorlikni saqlab qolganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Qoraqalpog‘iston tarixiy yodgorliklari va ularning atrof-muhit bilan uyg'unligini ta'minlash istiqbollari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston hududidagi qadimgi Xorazmning antik davrga oid gil xomashyoli arxitektura qal’alarining atrof-muhit bilan uzviy bog‘liqligi asoslanib, me’morchilik tarixini uch davrga ajratish (Zardushtiylik mafkurasi asosida qurilgan qal’a va  me’moriy obidalar, Islom madaniyati talabi asosida qurilgan me’moriy inshootlar, zamonaviy shaharsozlik va anʼanaviy  uy-joylar) mumkinligi asoslanganligi hamda Qoraqalpog‘istondagi maqbaralar me’moriy kompozisiyon tuzilishiga ko‘ra bir gumbazli-peshtoqli, ko‘p gumbazli-peshtoqli, gumbazli-peshtoqsiz, peshtoqsiz-gumbazsiz, nosimmetrik va aralash qurilmali (doira shaklidagi ravoqsimon, gumbazli, peshtoqsiz, dahlizli) kabi turlarda shakllanganligi aniqlanganligi xususidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros Agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros Agentligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01-07/3738-son maʼlumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-sentyabrdagi 01-07/01-3109-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi me’moriy yodgorliklarni ilmiy jihatdan tizimlashtirish, ularning elektron bazasini shakllantirish hamda tarixiy-madaniy meros obektlarini saqlash, tadqiq etish va turizm yo‘nalishida samarali foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Qoraqalpog‘istonda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida ikki yo‘nalishda (bir kunlik - marshrut uzunligi 200 km, 7 ta tarixiy maqbaralar va ikki kunlik - marshrut uzunligi 450 km, 22 ta tarixiy maqbaralarni qamrab olgan) “Ziyarot turizmi xalqasi” ishlab chiqilganligi hamda “Gaur qal’a”, “Guldursun qal’a” va “Iyshan qal’a” yodgorliklaridan olingan qurilish materiallari namunalarining siqilishdagi mustahkamlik ko‘rsatkichlari (Rsiq=2,5–2,8 MPa) va saqlanish darajasi ilk marotaba laboratoriya sinovlari asosida aniqlanib, ularning konstruktiv barqarorlikni saqlab qolganligi isbotlanganligi xususidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros Agentligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros Agentligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01-07/3738-son maʼlumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2025-yil 03-oktyabrdagi 01-12/04-298-son ma’lumotnomasi). Natijada me’moriy yodgorliklarning texnik holatini baholash, ularni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, tarixiy-madaniy meros obektlarini muhofaza qilish hamda turizm salohiyatini oshirish samaradorligi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish