Eshonqulova Malika Zayniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich ta’limda psixolingvistik yondashuv asosida nutq o‘stirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped 5220
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD. 01/2025.27.12.Ped.13.01
Ilmiy rahbar: Xaitov Xamza Axmatovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Kurbonova Gulnoz Ne’matovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Tosheva Nurzoda Toshtemirovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich ta’lim jarayonida psixolingvistik yondashuv asosida o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda samarali metodik tizimni rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda o‘quv rejadagi “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” fanlarining g‘oyalar genezisini qiyosiy-tipologik pozisiya nuqtai-nazaridan reallik qonuniyatlariga asoslangan psixolingvistikaga oid (lisoniy, lingvopsixologik, sotsiopsixologik, paralingvistik va umumdidaktik) didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini psixolingvistika orqali o‘stirishda qiyosiy tahlillarga asoslangan o‘qish savodxonligining didaktik funksiyalari mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlash, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini oshiruvchi tashkiliy-metodik komponentlari o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan lingvistik kompetensiyalar majmuini qamrab olgan rasmli ifodalar orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
psixolingvistika orqali bolalar nutqini o‘stirishning leksik va grammatik me’yorlarini o‘rgatuvchi (tinglab tushunish, to‘g‘ri o‘qish, orfoepik va orfografik) salohiyatini rivojlantirishiga xizmat qiluvchi og‘zaki va yozma shaklda erkin muloqot yurita olishini ta’minlashga qaratilgan integrativ modeli Test :Verbal assotsiatsiyalar”, “Diadik nutqni baholash” interfaol metodlar asosida kreativ, faollik, reflektiv, empatik hamda tayanch kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda psixolingvistika orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirishning “operativ xotira” va “kategorik tasniflash” metodlari asosida amaliy rivojlantiruvchi orfoepiya, fonetika, imlo, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, stilistikaga oid tushunchalarning punktuatsion me’yorlari orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirishning samaradorlik darajasi ko‘tarilishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’limida psixolingvistika orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda o‘quv rejadagi “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” fanlarining g‘oyalar genezisini qiyosiy-tipologik pozisiya nuqtai-nazaridan reallik qonuniyatlariga asoslangan psixolingvistikaga oid (lisoniy, lingvopsixologik, sotsiopsixologik, paralingvistik va umumdidaktik) didaktik imkoniyatlariga oid ma’lumotlar “Husnixat o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-407 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” fanlaridan fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini psixolingvistika orqali o‘stirishda qiyosiy tahlillarga asoslangan o‘qish savodxonligining didaktik funksiyalari mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlash, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini oshiruvchi tashkiliy-metodik komponentlari o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan lingvistik kompetensiyalar majmuini qamrab olgan o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 29-maydagi 01/11-6-350-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” fanlari dasturi optimallashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda psixolingvistika orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik imkoniyatlari samaradorligini amaliy bilimlar orqali rivojlantiruvchi orfoepiya, fonetika, imlo, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, stilistikaga oid tushunchalarning punktuatsion me’yorlariga asoslangan grammatik va umumtarbiyaviy ahamiyatga molik nutqiy va lingvistik tavsiyalardan davlat ilmiy – texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot – qidiruv tizimlari uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-dekabrdagi № 04/1-5799 son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot – qidiruv tizimlar orqali ham maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqi va tafakkurini o‘stirish, tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirishga erishilgan.