Xudjanov Shaimardan Kushshaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quloqning zamburug‘li kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olishning zamonaviy yondoshuvlari” 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib623.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/27.12.2025.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Kosimov Kobil Kosimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Sanjar Salomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mahmudnazarov Mahmadamin Imomovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasi. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
otomikoz qo‘zg‘atuvchilarning mikologik turlarini o‘rganish asosida ularning gen turg‘unligi xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni og‘ir va qaytalanuvchi shakllari kompleks baholash asosida tashqi zamburug‘li otit 60,1% va zamburug‘li o‘rta otit 23,7% holatda uchrashi aniqlangan;
quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda Candida spp. shtammlarining flukonazolga nisbatan yuqori chidamlilik tekshiruvi natijasida geterogen assotsiatsiyalardagi C. albicans imidazollarga monokul`turalarga qaraganda 3,4 barobar ko‘proq chidamliligi hamda C. non-albicans turi C. albicans qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan itrakonazolga 5 barobar sezgirligi aniqlangan;
otomikozning etiologik qo‘zg‘atuvchilari kompleks o‘rganish asosida mog‘or zamburug‘laridan Aspergillus turkumi 62,4 % holatda, achitqisimon Candida zamburug‘lari esa 35,8% holatda uchrashi, A. Niger qo‘zg‘atuvchisining dominant tur ekani va 18,2% holatda hamda zamburug‘-bakterial assotsiatsiyalar mavjudligi isbotlangan;
quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda tashqi eshituv yo‘li mikologik tekshirish natijasida mog‘or zamburug‘lari 67,1% va achitqisimon zamburug‘lar 38,2 %, o‘rta quloq mikozida achitqisimon zamburug‘lar 80,4% va mog‘or zamburug‘lari 21,3% uchrashi aniqlangan;
quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan genetik tekshirish natijasida C. Albicans qo‘zg‘atuvchisining azol preparatlariga to‘liq chidamliligi ERG11, CDR1, CDR2 va MDR1 genlarining yuqori ekspressiyasi bilan bog‘liqligi isbotlangan; 
CDR1 va CDR2 genlarining bir vaqtda kuchayishi 64%, ERG11 genining ushbu genlar bilan birgalikda yuqori ekspressiyasi 76%, ERG11 geni mutatsiyalari esa 43,7% bemorlarda uchrashi zamburug‘ga qarshi dori vositalarga bo‘lgan chidamlilik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 09 apreldagi 09-24/133-x-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan: 
birinchi ilmiy yangilik: quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni og‘ir va qaytalanuvchi shakllari kompleks baholash asosida tashqi zamburug‘li otit 60,1% va zamburug‘li o‘rta otit 23,7% holatda uchrashi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  2024 yil 26 martdagi №36.a-sonli, Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasining 2024 yil 26 martdagi №45-sonli, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 26 martdagi №40-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan; Iqtisodiy samaradorligi: otomikozning og‘ir va qaytalanuvchi shakllari kompleks baholanib, tashxislash va davolash uchun bemordan har o‘n kunga 1700000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bermoqda; Ijtimoiy samaradorlik: Taklif etilgan kompleks tashxis va davolash usullarini amaliyotga joriy etish natijasida tashqi va o‘rta quloqning zamburug‘li kasalliklarini erta aniqlash, og‘ir va qaytalanuvchi shakllarining sonini kamaytirish hamda asoratlar rivojlanishining oldini olish imkoniyati yaratildi. Bu esa bemorlarning hayot sifati, mehnat qobiliyati va ijtimoiy faolligini yaxshilashga xizmat qildi. Shuningdek, davolash muddatining qisqarishi va qayta murojaatlar sonining kamayishi aholiga ko‘rsatilayotgan otorinolaringologik yordam samaradorligini oshirishga imkon berdi. Xulosa: Quloqning zamburug‘li kasalliklarining og‘ir va qaytalanuvchi shakllarini kompleks baholash asosida tashqi zamburug‘li otit 60,1% va zamburug‘li o‘rta otit 23,7% holatlarda uchrashi aniqlandi. Ishlab chiqilgan tashxis va davolash algoritmlarining amaliyotga joriy etilishi kasallikni erta aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, residivlar sonini kamaytirish hamda har bir bemor uchun har 10 kunda o‘rtacha 1700000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini berdi. Olingan natijalar ushbu usullarni amaliyotda keng qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda Candida spp. shtammlarining flukonazolga nisbatan yuqori chidamlilik tekshiruvi natijasida geterogen assotsiatsiyalardagi C. albicans imidazollarga monokul`turalarga qaraganda 3,4 barobar ko‘proq chidamliligi hamda C. non-albicans turi C. albicans qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan itrakonazolga 5 barobar sezgirligi aniqlangan. Bu natijalar O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  2024 yil 26 martdagi №36.a-sonli, Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasining 2024 yil 26 martdagi №45-sonli, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 26 martdagi №40-sonli buyruqlari asosida amaliyotiga joriy etilgan; Iqtisodiy samaradorligi: C. albicans shtammlarida azol preparatlariga chidamlilikning shakllanishi genlarining kuchaytirilgan ekspressiyasi hal qiluvchi ahamiyatga egaligi isbotlangan klinik kechishida ahamiyati yuqoriligi sababli har bir bemordan tadqiqotning amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 2250000 so‘mga kamaytiradi. Ijtimoiy samaradorlik: Quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda Candida spp. shtammlarining zamburug‘ga qarshi preparatlarga sezgirligini aniqlash orqali individual yondashuv asosida samarali davolash taktikasi ishlab chiqildi. Bu esa og‘ir va qaytalanuvchi otomikoz shakllarida noo‘rin antifungal terapiya qo‘llanilishining oldini olish, kasallikning surunkali kechishi va asoratlarini kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, bemorlarda davolash muddati qisqarib, qayta kasallanish holatlari kamaydi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan otorinolaringologik yordam sifati oshirildi. Xulosa: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quloqning zamburug‘li kasalliklarida Candida spp. shtammlarining flukonazolga yuqori darajada chidamliligi aniqlandi. Geterogen assotsiatsiyalardagi C. albicans shtammlari imidazol preparatlariga monokul`turalarga nisbatan 3,4 barobar ko‘proq chidamli ekanligi, C. non-albicans turlari esa C. albicans qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan itrakonazolga 5 barobar yuqori sezgirlikka egaligi baholandi. Shuningdek, C. albicans shtammlarida azol preparatlariga chidamlilik shakllanishida genlar ekspressiyasining kuchayishi hal qiluvchi ahamiyatga egaligi isbotlandi. Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan diagnostika va davolash yondashuvlarini amaliyotga joriy etish har bir bemor uchun davlat byudjeti xarajatlarini o‘rtacha 2250000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi hamda davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: otomikozning etiologik qo‘zg‘atuvchilari kompleks o‘rganish asosida mog‘or zamburug‘laridan Aspergillus turkumi 62,4 % holatda, achitqisimon Candida zamburug‘lari esa 35,8% holatda uchrashi, A. Niger qo‘zg‘atuvchisining dominant tur ekani va 18,2% holatda hamda zamburug‘-bakterial assotsiatsiyalar mavjudligi isbotlangan, bu O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  2024 yil 26 martdagi №36.a-sonli, Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasining 2024 yil 26 martdagi №45-sonli, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 26 martdagi №40-sonli buyruqlari asosida mazkur klinikalar amaliyotiga joriy etilgan; Iqtisodiy samaradorligi: otomikozning etiologik qo‘zg‘atuvchilari kompleks aniqlanib, zamburug‘-zamburug‘ hamda zamburug‘-bakterial assotsiatsiyalar mavjudligi baholangan davlat byudjeti mablag‘larini 1850000 so‘mga sarflanishini kamaytiradi; Ijtimoiy samaradorlik: Otomikoz qo‘zg‘atuvchilarining tur tarkibi va mikrobiologik xususiyatlarini kompleks o‘rganish natijasida kasallikni erta va aniq tashxislash imkoniyati kengaydi. Aspergillus va Candida turlarining tarqalish darajasi hamda zamburug‘-bakterial assotsiatsiyalarning mavjudligini aniqlash maqsadli antifungal va antibakterial terapiyani tanlashga asos bo‘ldi. Bu esa og‘ir kechuvchi va qaytalanuvchi shakllarning kamayishi, davolash samaradorligining oshishi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi hamda ambulator va statsionar davolanish muddatlarining qisqarishiga xizmat qildi. Xulosa: Kompleks mikrobiologik tadqiqotlar natijasida otomikozning asosiy etiologik qo‘zg‘atuvchilari sifatida Aspergillus turkumi 62,4% holatda, Candida turkumi esa 35,8% holatda uchrashi aniqlandi. Aspergillus niger dominant qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, 18,2% holatda qayd etildi. Shuningdek, bemorlarda zamburug‘-zamburug‘ va zamburug‘-bakterial assotsiatsiyalarning mavjudligi isbotlandi, bu esa kasallikning og‘ir va qaytalanuvchi kechishiga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida baholandi. Ishlab chiqilgan kompleks tashxislash yondashuvlarini amaliyotga joriy etish natijasida maqsadli davolash taktikasi takomillashtirildi hamda davlat byudjeti mablag‘larini har bir bemor uchun o‘rtacha 1 850000 so‘mga tejash imkoni yaratildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda tashqi eshituv yo‘li mikologik tekshirish natijasida mog‘or zamburug‘lari 67,1% va achitqisimon zamburug‘lar 38,2 %, o‘rta quloq mikozida achitqisimon zamburug‘lar 80,4% va mog‘or zamburug‘lari 21,3% uchrashi aniqlangan va  O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  2024 yil 26 martdagi №36.a-sonli, Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasining 2024 yil 26 martdagi №45-sonli, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 26 martdagi №40-sonli buyruqlari asosida mazkur klinikalar amaliyotiga joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik mazkur kasallikni tashxislash hamda davolash davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini tejash imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorlik: Quloqning zamburug‘li kasalliklarida tashqi eshituv yo‘li va o‘rta quloq mikroflorasining mikologik xususiyatlarini aniqlash asosida differensial tashxislash va maqsadli antifungal terapiyani tanlash imkoniyati kengaydi. Bu esa kasallikning og‘ir va surunkali shakllarini erta aniqlash, asoratlar va residivlar sonini kamaytirish, bemorlarning eshitish funksiyasini saqlab qolish hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Shuningdek, tashxis va davolash samaradorligining oshishi statsionarda yotish muddatini qisqartirish va aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash imkonini berdi. Xulosa: Mikologik tadqiqotlar natijasida tashqi eshituv yo‘li mikozlarida mog‘or zamburug‘lari 67,1% va achitqisimon zamburug‘lar 38,2% holatda uchrashi aniqlandi. O‘rta quloq mikozlarida esa aksincha, achitqisimon zamburug‘lar 80,4% holatda ustunlik qilishi, mog‘or zamburug‘lari esa 21,3% holatda qayd etildi. Olingan natijalar quloq mikozlarining klinik kechishi va etiologik xususiyatlarini aniq baholash, differensial tashxis va samarali antifungal terapiyani tanlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish orqali kasallikni tashxislash va davolash bilan bog‘liq davlat byudjeti xarajatlarini sezilarli darajada tejash imkoniyati yaratildi hamda tibbiy yordamning klinik samaradorligi oshirildi.
beshinchi ilmiy yangilik: quloqning zamburug‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan genetik tekshirish natijasida C. Albicans qo‘zg‘atuvchisining azol preparatlariga to‘liq chidamliligi ERG11, CDR1, CDR2 va MDR1 genlarining yuqori ekspressiyasi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Bu O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  2024 yil 26 martdagi №36.a-sonli, Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasining 2024 yil 26 martdagi №45-sonli, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 26 martdagi №40-sonli buyruqlari asosida mazkur klinikalar amaliyotiga joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni tashxislash hamda bashoratlash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar 1900000 so‘mga tejaldi.  Ijtimoiy samaradorlik: Quloqning zamburug‘li kasalliklarida Candida albicans qo‘zg‘atuvchisining azol preparatlariga chidamliligini genetik darajada baholash imkoniyati yaratildi. ERG11, CDR1, CDR2 va MDR1 genlari ekspressiyasini aniqlash orqali antifungal terapiyaga rezistent shakllarni erta prognoz qilish va maqsadli davolash taktikasini tanlash imkoni kengaydi. Bu esa noeffektiv davolash holatlarini kamaytirish, kasallikning surunkali va qaytalanuvchi kechishini oldini olish, bemorlarning eshitish funksiyasini saqlash hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Shuningdek, zamonaviy molekulyar-genetik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish otorinolaringologik yordam sifatini yangi bosqichga olib chiqdi. Xulosa: Genetik tadqiqotlar natijasida Candida albicans qo‘zg‘atuvchisining azol preparatlariga to‘liq chidamliligi ERG11, CDR1, CDR2 va MDR1 genlarining yuqori ekspressiyasi bilan bog‘liqligi isbotlandi. Olingan natijalar antifungal preparatlarga rezistentlikning molekulyar mexanizmlarini aniqlash, kasallikning kechishini prognoz qilish va individual davolash taktikasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish orqali quloq mikozlarini tashxislash va bashoratlash samaradorligi oshirildi hamda davlat byudjeti xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 1900000 so‘mga tejash imkoniyati yaratildi.
oltinchi ilmiy yangilik: CDR1 va CDR2 genlarining bir vaqtda kuchayishi 64%, ERG11 genining ushbu genlar bilan birgalikda yuqori ekspressiyasi 76%, ERG11 geni mutatsiyalari esa 43,7% bemorlarda uchrashi zamburug‘ga qarshi dori vositalarga bo‘lgan chidamlilik aniqlangan. Bu ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  2024 yil 26 martdagi №36.a-sonli, Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasining 2024 yil 26 martdagi №45-sonli, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 26 martdagi №40-sonli buyruqlari asosida mazkur klinikalar amaliyotiga joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: otomikozda yallig‘lanish jarayoni lokalizatsiyasi va qo‘zg‘atuvchi turiga qarab terbinafin hamda pozakonazolni differensial qo‘llashda davolash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlarni 2320000 so‘mga tejashi kuzatilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Otomikozda antifungal preparatlarga chidamlilikni molekulyar-genetik darajada baholash asosida davolash taktikasini individuallashtirish imkoniyati yaratildi. CDR1, CDR2 va ERG11 genlari ekspressiyasining yuqori darajada aniqlanishi zamburug‘larning azol preparatlariga rezistentligini erta prognoz qilishga xizmat qildi. Terbinafin va pozakonazol preparatlarini yallig‘lanish jarayoni lokalizatsiyasi hamda qo‘zg‘atuvchi turiga qarab differensial qo‘llash orqali davolash samaradorligi oshirilib, kasallikning surunkali va qaytalanuvchi shakllari kamaydi. Bu esa bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi, mehnat qobiliyati tiklanishi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatining oshishiga olib keldi. Xulosa: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, CDR1 va CDR2 genlarining bir vaqtda yuqori ekspressiyasi 64% holatda, ERG11 genining ushbu genlar bilan birgalikda kuchaygan ekspressiyasi 76% bemorlarda aniqlandi. Shuningdek, ERG11 geni mutatsiyalari 43,7% bemorlarda qayd etildi, bu esa zamburug‘ga qarshi preparatlarga yuqori darajadagi chidamlilik shakllanishining muhim molekulyar mexanizmi ekanligini tasdiqladi. Olingan natijalar asosida otomikozda yallig‘lanish jarayoni lokalizatsiyasi va qo‘zg‘atuvchi turini hisobga olgan holda terbinafin hamda pozakonazolni differensial qo‘llash taktikasi ishlab chiqildi. Mazkur yondashuvni amaliyotga joriy etish natijasida davolash samaradorligi sezilarli darajada oshdi hamda davlat byudjeti xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 2320000 so‘mga tejash imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish