Sunnatov Shukurilloh Xikmatilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «“Prostad” quruq ekstrakti va uni asosida kapsula texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Far116.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xalida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmonovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi huzuridagi «Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi» davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tor bargli kiprey (Epilobium angustifolium L.) er ustki qismidan prostatit va prostata adenomasini davolashda qo‘llaniladigan yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega quruq ekstrakt olish va uning asosida kapsula shaklidagi dori vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba tor bargli kiprey (Epilobium angustifolium L.) dorivor o‘simligi asosida yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan «Prostad» quruq ekstraktini olish texnologiyasi ishlab chiqildi;
taklif etilayotgan «Prostad» quruq ekstrakti asosida yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan kapsula dori shaklining tarkib va texnologiyasi ishlab chiqildi;
prostatit va prostata adenomasi kasalliklarida qo‘llashga mo‘ljallangan «Prostad» kapsulasini biofarmatsevtik nuqtai nazardan baholash uchun «Eruvchanlik testi»ni o‘tkazishning optimal shartlari aniqlangan;
«Prostad» quruq ekstrakti va «Prostad» kapsulasi uchun sifat va miqdor ko‘rsatkichlari amaldagi me’eriy hujjatlar asosida baholangan va me’yorlar belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «Prostad» quruq ekstrakti va uni asosida kapsula texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Prostad» quruq ekstrakti uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2025 yil 8 apreldagi 41/11-5721-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi prostatid va prostata adenomasida qo‘llaniladigan yallig‘lanishga qarshi import o‘rnini bosuvchi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Prostad» quruq ekstraktining spesifik farmakologik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada o‘tkir toksik ta’sirga ega bo‘lmagan va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega samarali tabiiy dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Prostad» quruq ekstrakti uchun tajriba sanoat reglamenti «Sultonmed pharm» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 30523238-2025). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida prostatid va prostata adenomasi kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositasiga belgilangan tartibda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.