Sultonov Amirxon Usubjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tomentoza gibrid navli daraxtidan faollashtirilgan sorbentda vodorod sulfidning adsorbsiyasi», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/K950.
Ilmiy rahbar: Koxxarov Mirzoxid Xusanboevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor;  Abdulxaev Tolibjon Dolimjonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Tomentoza gibrid daraxtidan faollashtirib olingan TpPGFU-A, TPGFU-A, MtTFU-A, MtTpFU-A va BAU-A sorbentida adsorbsion-kalorimetrik usulda H2S ning adsorbsiya mexanizmini aniqlash hamda ularni atrof-muhit muhofazasining echimi uchun tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
TPGFU-A, TpPGFU-A, MtTFU-A, MtTpFU-A va BAU-A adsorbentlarida H2S molekulasi adsorbsiyasining izotermasi, asosiy termodinamik tavsiflari (ΔH, ΔG, ΔS) va  MHTN tenglamasi asosida hisoblangan izoterma asosida faol markazlarning miqdori, tabiati, kuchi va ularda sorbsion jarayon qonuniyatli o‘zgarishi aniqlangan; 
an’anaviy faollashtirilgan TPGFU-A adsorbentining faol markazi 0,34 mmol/g ga tengligi va H2S molekulasi bilan 4H2S:SI kompleks hosil qilishi, TPGFU-A adsorbentining faol markazi 0,56 mmol/g ga tengligi va H2S molekulasi bilan 3H2S:SII kompleks hosil qilishi isbotlangan; 
noan’anaviy faollashtirilgan MtTpFU-A adsorbentining faol markazi 0,43 mmol/g ga tengligi va H2S molekulasi bilan 3H2S:SIII kompleks hosil qilishi aniqlangan; 
import BAU-A adsorbentining faol markazi 0,5 mmol/g ga tengligi va H2S molekulasi bilan 4H2S:SV kompleks hosil qilishi aniqlangan; 
noan’anaviy faollashtirilgan MtTFU-A adsorbentining faol markazi 0,5 mmol/g ga tengligi va H2S molekulasi bilan 7H2S:SIV kompleks hosil qilishi, shuningdek H2S molekulalari MtTpFU-A adsorbentiga nisbatan 2 marta, BAU-A ga nisbatan 1,8 marta ko‘p adsorbsiyalanishi isbotlangan;
MtTFU-A sorbentida H2S molekulalarining adsorbsiya differensial entalpiyasidan adsorbat/adsorbent yuqori energetik komplekslar hosil qilishi, mikrog‘ovaklarining yuqori darajada faollashuvi; shuningdek TPGFU-A ga nisbatan 50 kJ/mol, TPGFU-A va MtTpFU-A ga nisbatan 40 kJ/mol, BAU-A ga nisbatan 28 kJ/mol ga yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tomentoza daraxtining butalgan shoxalari va po‘stloq qism chiqindisidan faollashtirib olingan uglerodli, yuqori sorbsion xususiyatli adsorbentlarni olish va ularning asosiy termodinamik xarakteristikalarini mikrokalorimetr qurilmasida adsorbsiyasini o‘rganishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
tomentoza daraxt po‘stlog‘i va shoxa chiqindilari yordamida olingan TPGFU-A, TpPGFU-A, MtTFU-A, MtTpFU-A adsorbentlarini faollashtirib olishning texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2025 yil 15 sentyabrdagi 02-03-01/135-son ma’lumotnomasi). Natijada, TPGFU-A, TpPGFU-A, MtTFU-A, MtTpFU-A adsorbentlarining asosiy termodinamik xarakteristikalari (ΔH, ΔG, ΔS va izotermasi) asosida ularning solishtirma sirt yuzasi va gazlarni yutishi bo‘yicha to‘liq adsorbsiya mexanizmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yordamida neft va gaz korxonalari tarmog‘ida qo‘llashning imkonini beradi;
an’anaviy va noan’anaviy usullarda faollashtirib olingan uglerodli TPGFU-A, TpPGFU-A, MtTFU-A, MtTpFU-A adsorbentlar ishtirokida tabiiy gazlarni tarkibidagi zaharli va zararli H2S kabi toksik gazlardan tozalashning texnologiyasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 15.09.2025 yildagi 02-03-01/135-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazlar tarkibidagi H2S kabi zararli gazlarni ruxsat etilgan me’yor darajasigacha tozalashda import o‘rnini bosuvchi adsorbent sifatida foydalanilishi tufayli milliy valyutani tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish