Tuxtanazarov Ilxom Ibragimjanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jadid mutafakkirlarining qarashlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili”
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1431
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abduxamidov Muxammadjon Abduxalim o‘g‘li islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Ahadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Zamilova Rimma Ramilevna pedagogika fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada takomillashtirishda jadid mutafakkirlari qarashlarini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jadid vatanparvarligi fenomenining ijtimoiy-falsafiy modeli ishlab chiqilib, unda vatanparvarlik milliy g‘oyaga sadoqat doirasidan kengaytirilib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligining aksiologik tizimi sifatida asoslandi. Mazkur tizimning o‘zagi sifatida ma’rifat (aql-zakovat), fuqarolik mas’uliyati (iroda va matonat) hamda ijtimoiy xizmat (fidoyilik) o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlar sifatida ilmiy jihatdan aniqlandi;
Jadid ma’rifatparvarligi g‘oyalarining vatanparvar tarbiya mexanizmi nazariy-metodologik jihatdan qayta tahlil qilinib, “ilm-fan”, “yangicha ta’lim” va “dunyoviylik” tamoyillarining fuqarolik ongi hamda innovatsion tafakkurni uyg‘un shakllantirishdagi ahamiyati dalillandi. Shu asosda mazkur g‘oyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning tizimli mezonlari ishlab chiqildi;
“Jadid pedagogikasi”ning zamonaviy ijtimoiy funksiyasi aniqlashtirilib, uning raqobatbardosh, huquqiy madaniyatga ega va ijtimoiy mas’uliyatli shaxs modelini shakllantirishga xizmat qilishi ijtimoiy-falsafiy asosda isbotlandi. Tarbiya samaradorligini baholashning ijtimoiy indikatorlari (fuqarolik faolligi, qonuniylikka hurmat, ijtimoiy hamjihatlik va mas’uliyat) tizimlashtirildi.
Jadidlar qo‘llagan vatanparvar tarbiya usullari tipologiyasi ishlab chiqilib, ularning matbuot, teatr, ta’lim islohoti hamda jamoatchilik tashabbuslari orqali amalga oshirilgan ta’sir mexanizmlari zamonaviy sharoitga mos ijtimoiy texnologiya sifatida qayta asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jadid mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda jadid ma’rifatparvarlar qarashlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga (jadidlarning aql-zakovati, iroda va matonati) sodiq bo‘lib qolishlariga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi “Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nazariyasi” fani davlat ta’lim standarti va malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 18-iyundagi 10/1251-son Ma’lumotnomasi). Natijada “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son Qarorining mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qilgan;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jadid mutafakkirlari ma’rifatparvarlik g‘oyalarining (ilmiy innovatsion va dunyoviylik prinsiplari) ilmiy meros ekanligiga oid yangiliklaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanalidagi “Vatanparvar” va “Sport” telekanalidagi “Armiya sporti” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-iyundagi 137-son Ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning yanada samarali bo‘lishiga, tomoshabinlar auditoriyasini kengaytirishiga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyat yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jadid pedagogikasi (raqobatbardosh va ijtimoiy muhitni tartibga soluvchi kadrlarni tarbiyalash)ning o‘rniga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani davlat ta’lim standartlari va malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 148-son Ma’lumotnomasi). Natijada “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son Qarorining mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini samarali ta’minlashga erishilgan;
jadid mutafakkirlari faoliyatida yoshlarda vatanparvarlik g‘oyasini singdirish maqsadida qo‘llagan usul va vosita (ijtimoiy adolatni ta’minlash va progressiv g‘oyalari)lariga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Jadid adabiyoti” o‘quv qo‘llanmasining xulosa qismini shakllantirishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat v a ma’rifat Markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2025-yil 9-dekabrdagi 10/828-son Dalolatnomasi). Natijada yoshlarni ijtimoiy moslashuvchanligi oshihiga xizmat qilgan.