Jumaeva Shoira Berdiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shosh va O‘tror ziyoratgohlarining  etnomadaniy xususiyatlari”, 07.00.07. – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2025.1. DSc /Tar.504 
Ilmiy rahbar: Ashirov Adxamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Madaniyatshunoslik va nomoddiy  madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Mavlyuda Hamzaevna tarix fanlari doktori (DSc), dotstent; Nazarov Nasriddin Ataqulovich tarix fanlari doktori, professor; Juraeva Sanobar Nurmatovna tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Shosh va O‘tror tarixiy-etnografik mintaqasi muqaddas qadamjo, ziyoratgohlarini tasniflash, tarixini ilmiy asosda yoritish hamda o‘zbek va qozoq xalqlari kundalik turmush tarzida ziyorat, ziyorat bilan bogliq urf-odatlar, marosimlar hamda ziyorat madaniyatning etnolokal xususiyatlarini tarixiy  - elshunoslik materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Turkiston va Toshkent viloyatlari muqaddas qadamjo hamda ziyoratgohlari hududiy (tog‘li, voha va dasht), vazifasi (davolovchi, homiylik qiluvchi) hamda ziyorat obekti (tabiat, afsonaviy, tarixiy va diniy shaxslar)ga ko‘ra tasniflanib, 350 dan ortiq tabiiy (landshaftli) ziyoratgoh va qadamjolar: a) tog‘-toshlar, g‘orlar bilan bog‘liq orografik; b) buloq, daryo, ko‘l bilan bog‘liq gidrologik; s) o‘simlik dunyosi bilan bog‘liq antropogen ziyoratgohlar tarzida shakllangani aniqlangan; 
Turkiston va Toshkent viloyatlari yaxlit umumiy bir tarixiy-etnografik mintaqa sifatida shaklangan bo‘lib, o‘zbek va qozoq xalqlarining muqaddas qadamjo, ziyoratgohlar to‘g‘risidagi milliy qarashlari hamda mintaqada ziyorat bilan bogliq xalqona madaniyatning o‘ziga xos mintaqaviy xususiyatlari etnologiyaning zamonaviy nazariy-metodologik konsepsiyalari (spiritual ekologiya, mikrotarix (microhistory) madaniyatshunoslik, geografik determinizm) nuqtai-nazaridan asoslangan; 
Turkiston va Toshkent viloyatlaridagi mozorlarning asosiy qismi islom dini targ‘ibotchilari, jumladan, Yassaviya tariqati bilan bog‘liq ekanligi hamda Xoja Ahmad Yassaviy, Zangiota, Shayx Umar Vali, qadamjo, Parpi ota va Buxangar buva kabi ziyoratgohlarda mintaqaviy marosimlar (Navro‘z, muchal yoshi) va taqvimiy (Lola sayli), Bo‘stonliq tumani Tarochi qishlog‘ida avliyo Kavsaratbuva (“kaft” va “kapsan”)ning hosildan ulush berish odati, turkiy iloha bo‘lgan Umay kultining Islom ta’sirida o‘zbeklarda Anbar ona, qozoqlarda Dumaloq ena kulti tarzida evrilishlarga uchragan holda saqlanib qolganligi etnografik materiallar asosida aniqlangan; 
Shosh va O‘tror ziyoratgohlarida maxsus marosim taomlari (Arslonbobda – beshbarmoq, Xoja Ahmad Yassaviyda – halim va sho‘rva, Zangiotada – shirguruch, halim, Shayx Umar Valida – go‘ja osh, G‘ormazorboboda – sut-qatiqli taom, Obinamak boboda – atala, Kavsar otada – ugra osh, Ko‘kto‘nli otada halim pishirilishi, shuningdek, taomlar soni ham sakral xususiyatga ega bo‘lib, “3” raqami Hazrati Xizr, “7” raqami Bahouddin Naqshband, “9” raqami Zangiota, “11” raqami Xoja Ahmad Yassaviy va G‘avsul A’zam bilan bog‘liqligi etnografik materiallar asosida dalillangan; 
globallashuv jarayonlari ta’sirida o‘zbek va qozoq xalqlariningziyorat madaniyati hamda ziyorat marosimlarida sezilarli darajada yangilanayotganligi, ya’ni bunday marosimlar etnik asoslarini yo‘qotmaganligi, ziyorat turizmi bilan uyg‘unlikda rivojlanyotganligi, ayniqsa, “Buyuk Ipak yo‘li”, “Tabarruk ziyorat” kabi brendlar asosida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari, shuningdek, Markaziy Osiyo miqyosida mintaqaviy ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida “Turkiston – Toshkent tasavvuf tariqati yo‘lida ziyorat” sayyohlik yonalish amaliyotga tatbiq etilgani asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shosh va O‘tror ziyoratgohlarining  etnomadaniy xususiyatlariga oid nazariy xulosalar hamda takliflar asosida:
Turkiston va Toshkent viloyatlari muqaddas qadamjo hamda ziyoratgohlari hududiy (tog‘li, voha va dasht), vazifasi (davolovchi, homiylik qiluvchi) hamda ziyorat obekti (tabiat, afsonaviy, tarixiy va diniy shaxslar bilan bog‘liq)ga ko‘ra tasniflanib, 350dan ortiq tabiiy (landshaftli) ziyoratgoh va qadamjolar: a) tog‘-toshlar, g‘orlar bilan bog‘liq orografik; b) buloq, daryo, ko‘l bilan bog‘liq gidrologik; s) o‘simlik dunyosi bilan bog‘liq antropogen ziyoratgohlar tarzida shakllangani aniqlangan ma’lumotlar asosida o‘zbek, rus, ingliz, nemis hamda turk tillarida “www.shoshziyorat.uz” dasturi yaratildi. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2020-yil 29-iyulda “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi №DGU 09238-sonli guvohnoma”si). Ushbu dastur sayyohlarni jalb etishning zamonaviy shakli va usulidan biri bo‘lib, mintaqaviy turizm industriyasining rivojiga katta hissa qo‘shadi. 
Turkiston va Toshkent viloyatlari yaxlit umumiy bir tarixiy-etnografik mintaqa sifatida shaklangan bo‘lib, o‘zbek hamda qozoq xalqlarining yuzyilliklarda davomidagi an’ana, urf-odat va marosimlarining ajralmas qismi bo‘lgan muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi, rivojlanish bosqichlari,  o‘ziga xos mintaqaviy xususiyatlar va ziyoratgohlar tarixiy-etnologik tasnifi arxeologik materiallar asosida etnologiyaning zamonaviy nazariy-metodologik konsepsiyalari (spiritual ekologiya, mikrotarix (microhistory) madaniyatshunoslik, geografik determinizm) nuqtai-nazaridan ochib berilgan. Mazkur natijalar asosida T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 – “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirish jarayonida mazkur tadqiqot ishi natijalaridan yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar asosida tarbiyalashni shakllantirish va nazariy jihatdan asoslashda keng foydalanildi (T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 2-iyuldagi 274-sonli ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida ilmiy maqolalar nashr etilgan, bu esa olib borilgan tadqiqot ishlari natijalarini ommalashtirishga asos bo‘ldi. 
Turkiston va Toshkent viloyatlari hududida joylagan mozorlarning asosiy qismi Islom dini targ‘ibotchilari, jumladan, Yassaviya tariqati bilan bog‘liq ekanligi hamda Xoja Ahmad Yassaviy, Zangiota, Shayx Umar Vali, qadamjo, Parpi ota va Buxangar buva kabi ziyoratgohlarda mintaqaviy marosimlar (Navro‘z, muchal yoshi) va taqvimiy (Lola sayli), Bo‘stonliq tumani Tarochi qishlog‘ida avliyo Kavsaratbuva (“kaft” va “kapsan”)ning hosildan ulush berish odati, turkiy iloha bo‘lgan Umay  kultining Islom ta’sirida o‘zbeklarda Anbar ona, qozoq xalqlarida Dumaloq ena kulti tarzida evrilishlarga uchragan holda saqlanib qolganligi elshunoslik tadqiqotlari jarayonida aniqlangan etnografik materiallar asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tamaddun darg‘alari”, “Tarix maydoni” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyundagi 15-33/388-sonli, 2025-yil 20-avgustdagi 01-33/624-sonli ma’lumotnomalari). Natijalar Toshkent va Turkiston viloyatlari ziyoratgohlarini O‘zbekiston hamda Qozog‘istonda keng ommalashishiga xizmat qilgan.
Shosh va O‘tror ziyoratgohlarda maxsus marosim taomlari (Arslonbobda – beshbarmoq, Xoja Ahmad Yassaviyda – halim va sho‘rva, Zangiotada – shirguruch, halim, Shayx Umar Valida – go‘ja osh, G‘ormazorboboda – sut-qatiqli taom, Obinamak boboda – atala, Kavsar otada – ugra osh, Ko‘kto‘nli otada halim pishirilishi, shuningdek, taomlar soni ham sakral xususiyatga ega bo‘lib, “3” raqami Hazrati Xizr, “7” raqami Bahouddin Naqshband, “9” raqami Zangiota, “11” raqami Xoja Ahmad Yassaviy va G‘avsul A’zam kulti bilan bog‘liqligi etnografik materiallar asosida dalillangan bo‘lib, mazkur tadqiqot ishining umumiy mazmun mohiyati O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining II. “Ma’naviy yuksalish va madaniyatni rivojlantirish” bobining 2.2. Madaniy meros muhofazasi, undan foydalanish, tashkiliy-huquqiy asoslari yo‘nalishlarida keltirilgan vazifalarga mos kelishi partiya muhokamasidan o‘tkazildi. Dissertasiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan partiya tomonidan tashkil etilgan mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2026-yil 12-martdagi 02/06-14/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natija nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirish uchun ilmiy-amaliy asos vazifasini bajaradi;
Globallashuv jarayonlari ta’sirida ziyorat hamda ziyorat marosimlarida sezilarli darajada yangilanayotganligi, ya’ni bunday marosimlar etnik va milliy asoslarini yo‘qotmaganligi, ziyorat turizmi bilan uyg‘unlikda rivojlanyotganligi, ayniqsa, “Buyuk Ipak yo‘li”, “Tabarruk ziyorat” kabi brendlar asosida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari, shuningdek, Markaziy Osiyo miqyosida mintaqaviy ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida “Turkiston – Toshkent tasavvuf tariqati yo‘lida ziyorat” deb nomlangan turistik yo‘nalishlardan Toshkent viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish, davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm Qo‘mitasining 2025-yil 25-avgustdagi 03-10-17-5464-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa ziyorat turizmining raqobatbardoshligini  oshirish, tarixiy-madaniy meros obektlarining jozibadorligini kuchaytirish va Markaziy Osiyoda mintaqaviy turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish