Rajabova Sadoqat Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped524.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-xunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Nuriddinov Bahodir Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik kompetentligi mazmunini differensiyalashgan yondashuv asosida chuqurlashtirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional (didaktik, metodik, diagnostik) imkoniyatlari takomillashtirilgan;
“Effective practical result”, “Team creative collections” va “Buddying” kabi interfaol ta’lim metodlarining samarali imkoniyatlaridan foydalanish orqali umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan amaliy ta’limni tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
innovatsion xarakterli ijodiy loyiha, for-eskiz, kombinatorika, dekonstruksiya, andozani gradatsiyalash, eskizni stilizatsiyalash va transformatsiyalash topshiriqlarini bajarish bosqichlari kasbiy ehtiyojlar va ish beruvchi talablarini maksimal qanoatlantirishga qaratilgan “Autodesk Sketchbook”, “NanoCAD”, “Marvelous Designer” kabi kompyuter dasturlaridan foydalanish orqali ishlab chiqilgan;
konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik ta’minotini (grafik-dizayn kompyuter dasturlaridan foydalanish algoritmi, dizayner portfoliosi) ishlab chiqish natijasida talabalarni kasbiy tayyorgarlik darajalarini adaptatsiya shartlari asosida baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni (motivatsion-qadriyatli, ijodiy-faoliyatli, operatsion-texnologik) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishning diagnostik, metodik, didaktik funksiyalarini differensiyalashgan yondashuv asosida chuqurlashtirish orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik kompetentligi mazmuni takomillashtirishga oid tavsiyalaridan “ITD-1-148 raqamli “Kasb ta’limi mazmunini modernizasiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” amaliy grant loyihasi bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 89-03-4046-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
“effective practical result”, “team creative collections” va “buddying” kabi interfaol o‘qitish metodlarining samarali imkoniyatlaridan hamda “Autodesk Sketchbook”, “NanoCAD”, “Marvelous Designer” kabi grafik dasturlaridan foydalanishga oid tavsiya va ishlanmalari konstruktorlik-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” hamda “Kasb ta’limi metodikasi fanidan amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi” o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 89-03-4046-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot talabalarda konstruktorlik-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
konstruktorlik-texnologik kompetentlikning rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijodiy-loyiha, for-eskiz, kombinatorika, dekonstruksiya, andozani gradatsiyalash, eskizni stilizatsiyalash va trancformatsiyalash kabi topshiriqlarini bajarish bosqichlari algoritmi hamda “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirishda keys-stadi topshiriqlar” didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan A-1-141 raqamli “OTM pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli Web-texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 89-03-4046-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot talabalarda kompetensiyalarni baholash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.