Atamuratova Munira Maxamadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tilini o‘qitishda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.2.PhD/Ped4983.
Ilmiy rahbar: Mustafaeva Nilufar Ulashovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01
Rasmiy opponentlar: Botirova Shahlo Isamiddinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Mamarajabova Zulfiya Narboevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarining ingliz tilini o‘rganish jarayonida pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tizimni takomillashtirish hamda sohada amaliy tavsiyalar va ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davolash yo‘nalishi talabalarining pragmatik kompetensiyani rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari ESP va ESAP kontekstida kasbiy diskursni shakllantirish hamda pragmatik xabardorlikni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kompetensiyaviy yondashuv asosida aniqlashtirilgan;
podkast texnologiyasiga asoslangan pragmatik ta’lim jarayoni “blended-learning”, “case-study”, “debate” kabi interfaol metodlardan foydalanish hamda klinik kommunikativ simulyasiya, madaniyatlararo sezgirlik va pragmatik strategiyalarni integrativ o‘qitish asosida takomillashtirilgan;
davolash yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish modeli kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvida interaktiv klinik vaziyatlar, situatsion mashg‘ulotlar va reflektiv tahlil usullarini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
pragmatik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar majmui adaptiv o‘qitish, raqamli lingvodidaktika va kommunikativ samaradorlikni oshirish vositalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Tibbiyot talabalariga ingliz tilini o‘qitishda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish  uuzasidan ishlab chiqilgan uslubiu va amaliu takliflar asosida:
davolash yo‘nalishi talabalarining pragmatik kompetensiyani rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari ESP va ESAP kontekstida kasbiy diskursni shakllantirish hamda pragmatik xabardorlikni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “English in medicine” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami №537403). Natijada, davolash yo‘nalishi talabalarida pragmatik kompetensiyani rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari takomillashtirish imkoni yaratilgan.
podkast texnologiyasiga asoslangan pragmatik ta’lim muhitini raqamli pedagogika, autentik audio-diskurs, klinik kommunikativ simulyasiya, madaniyatlararo sezgirlik va pragmatik strategiyalarni integrativ o‘qitish vositalari orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “English for medical purposes” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil, 7-maydagi 149-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami № 544376). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda ravon nutqiy ko‘nikma jarayoni pragmatik kompetensiyaning takomillashuvi va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ingliz tilini sohaviy yo‘nalishda o‘qitishda qo‘llash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan. 
davolash yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish modelini kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvida klinik vaziyatlar, situatsion mashg‘ulotlar va reflektiv tahlil usullarini uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-fevraldagi №04/1-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot yo‘nalishida ingliz tili ta’limini modernizatsiyalash, pragmatik kompetensiyani rivojlantirishning metodologik, pedagogik va psixologik jihatlarini tizimli takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.
pragmatik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik usullar majmuini adaptiv o‘qitish, raqamli resurslardan samarali foydalanish, nutqiy avtonomiya, o‘zaro baholash va kommunikativ samaradorlikni oshirish strategiyalariga tayangan holda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “English for medical studens” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami №424539763567810580). Natijada, pragmatik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik usullar majmuini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish