Tadjibaeva Shaxista Mamatqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda agressiyani optimallashtirishning psixologik imkoniyatlari (boks va dzyudo yakkakurash turlari misolida)», 19.00.06. – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P352.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Mamadaliev Abror Akbarjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda agressiyani optimallashtirishning psixologik imkoniyatlarini tadqiqi etish orqali shaslararo muloqot va xulq atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish xususiyatlarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda agressiv xulq-atvor muammosi va unga ta’sir  etuvchi psixologik determinantlarini sport faoliyati bilan bog‘liq jixatlariga, boks hamda dzyudo sportchilarining agressiyani normadan oshishiga sabab bo‘luvchi komponentlariga, sport va shaxslararo munosabatlardagi kognitiv va emotsional ustanovkalariga, muloqotchanlik ko‘nikmalariga, sport faoliyatiga nisbatan emotsional barqaror munosabatning paydo bo‘lishida ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog‘liq ekanligi asoslangan;
yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda agressiv xulq-atvorni namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik mexanizmlar, xususan «jismoniy agressiya», «verbal agressiya», «bilvosita agressiya», «negativizm», «jizzakilik», «sergumonlik», «ranj», «aybdorlik hissi», frustratsion hamda destruktiv to‘siqlarni engib o‘tishning darajasi, agressogen holatlarning yuqori va past darajasi orasida o‘zaro musbat korrelyasion aloqalar empirik natijalar asosida aniqlangan;
yakkakurash sport turlarida xususan o‘spirin sportchi shaxsining hissiy-emotsional sohalariga kompleks ta’sir etish orqali uning agressiyaga barqarorligini oshirish imkoniyatini beruvchi psixokorreksion dasturiy ta’minoti takomillashtirilib, samaradorlik imkoniyatlari dalillangan;
yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi ayniqsa dzyudo hamda boks yo‘nalishidagi o‘spirinlar sport faoliyati va shaxslararo munosabatlarida mavjud «destruktiv» agressiyani «konstruktiv» agressiyaga o‘tkazish maqsadi «agressiyani optimallashtirishning psixologik imkoniyatlari modeli»ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda agressiyani optimallashtirishning psixologik imkoniyatlari (boks va dzyudo yakkakurash turlari misolida) mavzusida olib bogan tadqiqotlar asosida:  
yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda agressiv xulq-atvor muammosi va unga ta’sir  etuvchi psixologik determinantlarini sport faoliyati bilan bog‘liq jixatlariga, boks hamda dzyudo sportchilarining agressiyani normadan oshishiga sabab bo‘luvchi komponentlariga, sport va shaxslararo munosabatlardagi kognitiv va emotsional ustanovkalariga, muloqotchanlik ko‘nikmalariga, sport faoliyatiga nisbatan emotsional barqaror munosabatning paydo bo‘lishida ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog‘liq ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-209 son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-209 a-son ma’lumotnomasi). Natijada yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlar faoliyatiga xos agressiv xulq-atvor muammosi va unga ta’sir  etuvchi psixologik determinantlarini ilmiy-amaliy tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda agressiv xulq-atvorni namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi psixologik mexanizmlar, xususan «jismoniy agressiya», «verbal agressiya», «bilvosita agressiya», «negativizm», «jizzakilik», «sergumonlik», «ranj», «aybdorlik hissi», frustratsion hamda destruktiv to‘siqlarni engib o‘tishning darajasi, agressogen holatlarning yuqori va past darajasi orasida o‘zaro musbat korrelyasion aloqalar empirik natijalar asosida aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-209 son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-209 a-son ma’lumotnomasi). Natijada yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirinlarda individual va jamoalararo farqiga ko‘ra agressiyani optimallashtirishning psixologik mexanizmini aniqlashtirilgan;
yakkakurash sport turlarida xususan o‘spirin sportchi shaxsining hissiy-emotsional sohalariga kompleks ta’sir etish orqali uning agressiyaga barqarorligini oshirish imkoniyatini beruvchi psixokorreksion dasturiy ta’minoti takomillashtirilib, samaradorlik imkoniyatlari dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-209 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-209 a-son ma’lumotnomasi). Natijada yakkakurash sport turlari faoliyatidagi o‘spirin shaxsida «assertiv» xulq-atvorni rivojlantiruvchi hamda ulardagi agressiv holatlarini  meʼyorlashtirishga qaratilgan psixokorreksion dasturiy taminotni yaratilgan;
yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi ayniqsa dzyudo hamda boks yo‘nalishidagi o‘spirinlar sport faoliyati va shaxslararo munosabatlarida mavjud «destruktiv» agressiyani «konstruktiv» agressiyaga o‘tkazish maqsadi «agressiyani optimallashtirishning psixologik imkoniyatlari modeli»ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi PM-209 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi PM-209 a-son ma’lumotnomasi). Natijada yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘spirin shaxsining mashgʼulot hamda musobaqa jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etuvchi «agressiyani optimallashtirishning psixologik imkoniyatlari modeli» ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish