OAK sayti » Tahliliy materiallar » Malakaviy imtihonlar natijalari to‘g‘risida axborot
 
19 dek 2013

Malakaviy imtihonlar natijalari to‘g‘risida axborot

Kategoriya: Tahliliy materiallar

Malakaviy imtihonlar natijalari to‘g‘risida axborot

 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining    2012 yil 28 dekabrdagi 365-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq respublikamizning huzurida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida Oliy attestatsiya komissiyasining “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”i asosida 2013 yilning noyabr oyida umumilmiy fanlar bilan bir qatorda ilk bor ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar o‘tkazildi.

    Mazkur sessiya davrida (noyabr, 2013y.) OAKga ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar o‘tkazish to‘g‘risida rasmiy murojaatlar kelib tushgan 19 ta etakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘rnatilgan tartibda malakaviy imtihonlarni o‘tkazish komissiyalari tashkil etildi.

   Etakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga tegishli ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar topshirish istagini bildirgan jami 133nafar talabgorlardan arizalar kelib tushib, ulardan 122 nafar talabgorlar imtihonda ishtirok etdilar. Imtihonlarda qatnashgan talabgorlarning fan sohalari bo‘yicha taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, talabgorlarning yarmidan ko‘pi tibbiyot fanlari sohasini – 57,3%, qolgan qismi esa ijtimoiy-gumanitar fanlar – 15,5%, fizika-matematika va texnika fanlari – 9,8%, kimyo va biologiya fanlari – 5,7% hamda qishloq xo‘jaligi fanlari sohasi – 1,6% ni tashkil etdi. O‘tkazilgan imtihonlar natijasida 50 nafar talabgor – 86 ball va undan yuqori (a’lo), 60 nafar talabgor – 71-85 ball (yaxshi), 6 nafar talabgor – 55-70 ball (qoniqarli) va 6 nafar talabgor – 55 balldan past (qoniqarsiz) baho oldilar (1-jadvalga qarang).

1-jadval

2013 yil noyabr oyi sessiyasidagi ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar natijalari

 

T/r

Fan sohalari

Kelib tushganarizalar soni

Imtihonda ishtirok etganlar soni

Baholar

“Qoni-qarsiz”

“Qoni-qarli”

“YAxshi”

“A’lo”

1

Fizika-matematika fanlari

12

12

3

-

5

4

2

Kimyo va biologiya fanlari

7

7

-

-

5

2

3

Texnika fanlari

12

12

-

1

5

6

4

Tibbiyot fanlari

81

70

3

2

32

33

5

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

19

19

-

3

12

4

6

Qishloq xo‘jaligi fanlari

2

2

-

-

1

1

Jami: 122

133

122

6

6

60

50

 

    Joriy yil davomida o‘tkazilgan barcha malakaviy imtihonlar, ya’ni O‘zbekistonning eng yangi tarixi, CHet tili (ingliz, nemis, fransuz), Mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari, Umumiy pedagogika, pedagogika va ta’lim tarixi, Matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari, Iqtisodiyot nazariyasi fanlari va kurslari hamda ixtisoslik fanlaridan o‘tkazilgan malakaviy imtihonlar yakuniy natijalariga ko‘ra, jami 2826 nafar talabgorlardan arizalar kelib tushib, ulardan 2373 nafari imtihonlarda ishtirok etdilar (2-jadvalga qarang). Malakaviy imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlarning 191 nafari (8,04%) – 86 ball va undan yuqori (a’lo), 851 nafari (35,8%) – 71-85 ball (yaxshi), 805 nafari (33,9%) – 55-70 ball (qoniqarli) va 526 nafari (22,1%) – 55 balldan past (qoniqarsiz) ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldilar.

2-jadval

 

2013 yil davomida o‘tkazilgan malakaviy imtihonlar natijalari

 

T/r

Fan yoki kurs nomi

Kelib tushgan arizalar soni

Imtihonda ishtirok etganlar soni

Baholar

“qoni-

qarsiz”

“qoni-

qarli”

“yaxshi”

“a’lo”

1

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

765

620

93

204

279

44

2

Chet tili:

941

778

151

301

245

81

ingliz

789

661

128

258

206

69

nemis

107

85

23

27

25

10

fransuz

45

32

-

16

14

2

3

Mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari

173

155

38

60

53

4

4

Umumiy pedagogika, pedagogika va ta’lim tarixi

43

37

11

5

19

2

5

Matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari

649

569

199

200

161

9

6

Iqtisodiyot nazariyasi

122

92

28

29

34

1

7

Ixtisoslik fanlari

133

122

6

6

60

50

Jami:

2826

2373

526

805

851

191

 

    O‘tkazilgan malakaviy imtihonlar natijalari tahlili asosida talabgorlarning tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarni qay darajada o‘zlashtirganligi hamda qaysi fan yo‘nalishlari bo‘yicha bilim darajalarini yanada oshirish lozimligi haqida hulosa qilish mumkin. Masalan, Matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari fani bo‘yicha malakaviy imtihonlarda jami imtihonda qatnashgan 569 nafar talabgorlardan 199 nafari (34,9%) “qoniqarsiz” baho olganlar. Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha malakaviy imtihonlarda jami 92 nafar talabgorlar ishtirok etib, ulardan 28 nafari (30,4%) “qoniqarsiz” baho, Umumiy pedagogika, pedagogika va ta’lim tarixi fani bo‘yicha malakaviy imtihonlarda jami 37 nafar talabgorlardan 11 nafari (29,7%) “qoniqarsiz” baho, Mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari fani bo‘yicha malakaviy imtihonlarda jami 155 nafar talabgorlardan 38 nafari (24,5%) “qoniqarsiz” baho hamda CHet tili fani bo‘yicha malakaviy imtihonlarda jami 778 nafar talabgorlardan 151 nafari (19,4%) “qoniqarsiz” baho olganlar.

    Hozirgi kunga qadar, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili va dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik fanlaridan, shuningdek, qo‘shimcha tegishli malakaviy imtihonlarni topshirgan talabgorlar soni   99 nafarni tashkil etdi. Ular tibbiyot fanlari bo‘yicha – 56, ijtimoiy-gumanitar fanlar –15, fizika-matematika – 10, texnika fanlari – 10, kimyo va biologiya – 6 va qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha – 2 nafar talabgordan iborat.

   Barcha malakaviy imtihonlarni topshirib, ijobiy baho olgan va OAK talablariga rioya qilgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini nihoyasiga etkazib, doktorlik dissertatsiyalarini rasmiylashtirgan talabgorlar ilmiy ish bajarilgan tashkilotlarda doktorlik dissertatsiyalarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazishlari mumkin.

   Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar talabgorlarning malakaviy imtihonlarni topshirishlari sifat ko‘rsatkichlarini, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini takomillashtirish bo‘yicha echimini kutayotgan qator muhim vazifalar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu borada oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘zlarining oldilarida turgan muhim vazifalarni belgilab olishlari hamda tegishli fan sohalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatlarini takomillashtirishlari lozim bo‘ladi.

     Ta’kidlab o‘tish joizki, zamon talablariga mos, halqaro standartlarga javob beradigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashning bir bosqichli tizimi yosh olimlar va bo‘lajak fan doktorlaridan o‘zlari tanlagan fan sohasining etuk mutaxassisi, mamlakatimiz haqidagi tarixiy va siyosiy bilimlarni puxta egallagan hamda chet tillarining birini mukammal biladigan olimlar bo‘lib etilishini talab qiladi.

 

                                                                        Oliy attestatsiya komissiyasi