OAK sayti » Rayosat majlislari » OAK Rayosat majlisi. 2013-yil 16-iyul.
 
19 iyul 2013

OAK Rayosat majlisi. 2013-yil 16-iyul.

Kategoriya: Rayosat majlislari

2013 yilning 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Rayosat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari A.T.Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov, OAK rahbariyati va Rayosat a’zolari, ekspert kengashlari rahbarlari hamda OAK apparati mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

 

Rayosat majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4456-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 365-sonli qarori ijrosi yuzasidan fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar tizimi va tarkiblarini tasdiqlash haqida.

 

2.  Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish haqida.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomning 37-bandiga muvofiq holislik, ochiqliq va shaffoflik prinsiplarini amalga oshirish maqsadida dissertatsiya himoyalari haqida respublika ahamiyatidagi gazetalarda e’lon berish haqida.

 

Rayosat majlisida yuksak ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 40 ta ilmiy kengash tarkibi, attestatsiya ishlari hamda dissertatsiya himoyalari haqida e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan respublika ahamiyatidagi gazetalar ro‘yxati muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.