OAK sayti » Rayosat majlislari » Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida
 
21 fev 2014

Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida

Kategoriya: Rayosat majlislari

    2014 yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

    Rayosat majlisida OAK rahbariyati va Rayosat a’zolari, ekspert kengashlari rahbarlari hamda OAK apparati mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

 

   Rayosat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi  PF-4456-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 365-sonli qarori ijrosi, attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish, OAK idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarini tasdiqlash, ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlarning dasturlarini tasdiqlash, Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga qisman o‘zgartirishlar kiritish, “OAK Byulleteni” jurnali tahririyati tarkibini tasdiqlash, dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish hamda OAKda ijro intizomini mustahkamlash va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

 

Tahririyat