Sayt test rejimida ishlamoqda

  NAMAZOV Shadman Ergashovich: «Amaliy g‘o‘za selektsiyasida tur ichida va turlararo murakkab duragaylashning genetik asoslari» (06.01.05) – Toshkent davlat agrar universiteti (Manzil: 100140, Toshkent, Universitet ko‘chasi 2, ToshDAU. Tel.:99871-260-48-00; faks: 99871-260-48-00; e-mail: tgau@edu.uz), (dissertatsiya rus tilida)

Ilmiy  maslahatchi: O.X. Kimsanbaev

Ish bajarilgan tashkilot: Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent

Rasmiy opponentlar: J.A. Musaev, S.M.Rizaeva, I.V. Massino

Etakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik

    I. Tadqiqotning maqsadi: Tur ichida murakkab va konvergent hamda turlararo (3-4-5 ta turlar ishtirokidagi) duragaylashning har xil uslublarining samaradorligini qiyosiy o‘rganish, xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning, shuningdek umumiy va (+)-gossipolning irsiylanishi, shakllanishi va transgressiv o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida amaliy g‘o‘za selektsiyasi jarayonida foydalanish genetik jihatdan boyitilgan selektsion ashyolar yaratish.

    II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

Birinchi marotoba (+)-gossipoli yuqori bo‘lgan amerika namunalari va mahalliy navlar ishtirokida olingan g‘o‘za duragaylarining generativ organlaridagi umumiy va (+)-gossipol miqdorining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi, shuningdek ularning ba’zi belgilar bilan korrelyativ bog‘liqligi aniqlangan;

Birinchi marotoba, murakkab har xil polikomponentli tur ichi duragaylash uslublarini qo‘llash orqali yaratilgan duragaylarda xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanlik darajasi va shakllanishiga qiyosiy baho berish asosida foydalanilgan murakkab duragaylashda asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarning genetik tabiati, hamda belgilarning yangi genetik o‘zgaruvchanligiga ega rekombinantlarni ajratib olishdagi samaradorligi aniqlangan;

Birinchi marotoba G.thurberi Tod. X G.raimondii Ulbr. amfidiploidining ikki xil shakllari (K-58-xirzutum shakli va K-59-barbadenze shakli) erkin ko‘paytirilgandagi va madaniy G.hirsutum L. turi navlari bilan chatishtirishdan olingan duragaylarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish asosida K-59 mutant shakli va uning ishtirokidagi murakkab duragaylarda K-58 shakli hamda ularning duragaylariga nisbatan qimmatli xo‘jalik belgilarning keng qamrovdagi o‘zgaruvchanligi yuz berishi aniqlandi. G.thurberi x G.raimondii amfidiploidining xirzitum (K-58) va barbadenze (K-59) shakllari erkin holda ko‘paytirilganda, hamda madaniy G.hirsutum L. turiga mansub navlar bilan duragaylashda o‘zlarini tegishli tarzda G.hirsutum L. va G.barbadense L. madaniy tetraploidlariga o‘xshash ekanligi tasdiqlangan.

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: Uzoq tur ichi va turlararo duragaylash asosida noyob introgressiv duragaylar yaratildi va genetik boyitilgan rekombinantlar, shakllar, oilalar hamda tizmalar ajratib olindi. Xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning yuqori majmuasiga ega bo‘lgan «Sulton», «Jarqo‘rg‘on», S-7276, S-7277, S-7300, S-7301 g‘o‘zaning navlari yaratilgan. G‘o‘zaning «Sulton» navi 2011 yilda qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reestriga kiritilgan. G‘o‘zaning «Jarqo‘rg‘on» navi 2013 yildan boshlab Surxondaryo viloyati uchun istiqbolli deb topilgan. G‘o‘zaning «Sulton» navi 2011 yildan boshlab qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reestriga kiritilgan. G‘o‘zaning«Sulton» navi 2014 yilda 95,5 ming gektar maydonda ekildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish