OAK sayti » Yangiliklar » “Intellektual yoshlar – fan va ta’lim”
 
09 iyun 2014

“Intellektual yoshlar – fan va ta’lim”

Kategoriya: Yangiliklar

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 fevraldagi 32-son majlis bayoni bilan tasdiqlangan harakat rejasining 75-bandiga muvofiq  joriy yil davomida respublika oliy  ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida  faoliyat ko‘rsatayotgan yosh olimlar bilan ularni qiziqtirgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan “Intellektual yoshlar – fan va ta’lim” mavzusida  uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

    Hozirgi kunga qadar, respublikamizning Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari yosh olimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ushbu tadbirlarda mamlakatimizda fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtidorli va qobiliyatli yosh olimlarga ilmiy tadqiqotlarini tashkillashtirishda uslubiy yordam berish hamda mamlakatimiz taraqqiyotida ularning rolini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Mazkur tadbirlar rejasiga muvofiq navbatdagi seminar-uchrashuv joriy yilning 11-12 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkaziladi.