OAK sayti » Yangiliklar » O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida
 
21 may 2014

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi

Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2014 yilning 20 may kuni bo‘lib o‘tdi. Rayosatning mazkur majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4456-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va talablarning to‘liq va so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi chora-tadbirlar rejasining (16.04.2014y., №07/1-502) ijrosi to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4456-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va talablarning to‘liq va so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi chora-tadbirlar rejasining (16.04.2014y., №07/1-502) 19-bandida belgilangan topshiriqni amalga oshirish haqida.