OAK sayti » Yangiliklar » O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida
 
01 may 2014

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi

Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida

 

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2014 yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Rayosatning mazkur majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi:

 

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4456-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va talablarning to‘liq va so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar rejasining (16.04.2014 y., №07/1-502) ijrosini ta’minlash  va mazkur chora-tadbirlar rejasining 26-bandida belgilangan topshiriqni amalga oshirish haqida.

    2. Professor va dotsent ilmiy unvonlari bo‘yicha attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish haqida.

    3. Doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar to‘g‘risida.

    4. Malakaviy imtihonlarning dasturlari to‘g‘risida.

    5. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid boshqa masalalar.