OAK sayti » Yangiliklar » O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun o‘tkazilgan amaliy seminar to‘g‘risida axborot
 
24 yan 2014

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun o‘tkazilgan amaliy seminar to‘g‘risida axborot

Kategoriya: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun o‘tkazilgan amaliy seminar to‘g‘risida axborot

 

    2014 yil 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK)da respublikamizning etakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etilgan 40 ta fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun mazkur seminarlar faoliyatini OAK nizomlari talablari asosida tashkil etish, bu borada ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblarining mas’uliyatiga bag‘ishlangan amaliy seminar  o‘tkazildi.

    Seminarda OAK rahbariyati va mutasaddi xodimlari, joylar­dagi ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari - jami 180 ga yaqin mutaxassis-olimlar ishtirok etdilar. Seminar ochilishidagi kirish so‘zida OAK raisi G‘.A.Baxadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-son Farmoni  hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadr­lar­ni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillash­tirish chora-tad­bir­lari to‘g‘risida”gi 365-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshi­ril­gan qator ishlar va endigi vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, 2013 yilning 1 yanvaridan mamlakatimizda joriy qilingan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, xususan, ilmiy seminarlar oldida turgan dolzarb vazifalarga alohida e’tiborni jalb etdi.

    Bosh ilmiy kotib A.D.Daminovning OAK Nizomlari talablari asosida tayyorlangan taqdimotida joylar­dagi ilmiy seminarlar faoliyati­ni tashkil qilish, dissertatsiya­larni qabul qilish va ro‘yxat­ga olish, seminar majlislarini o‘tkazish, majlis bayonnoma­larini rasmiylashtirish tartib-qoidalari, seminar xulosasida o‘z aksini topishi lozim bo‘lgan masalalar, bunda seminar raislari va ilmiy kotiblarining mas’uliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

    Seminar interfaol usulda tashkil etilib, unda seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga malakali javoblar oldilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.     Savol-javoblar va muhokama davomida OAK rahbariyati va mas’ul xodimlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiya­dan o‘tkazish tizimining o‘ziga xos jihatlari, xususan,  ilmiy seminarlar faoliyatini OAK nizomlari talablari asosida tashkil etish, doktorlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan yangi talablar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.

 

 

Tahririyat