OAK sayti » Yangiliklar » Ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun o‘tkaziladigan seminar to‘g‘risida
 
16 yan 2014

Ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun o‘tkaziladigan seminar to‘g‘risida

Kategoriya: Yangiliklar, E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi Ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun OAK normativ-huquqiy hujjatlarining uslubiy va amaliy jihatlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan seminar to‘g‘risida axborot

 

    Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasini amaldagi OAK nizomlari asosida tashkil etishni ta’minlash maqsadida OAK normativ-huquqiy hujjatlarining uslubiy va amaliy jihatlariga bag‘ishlab Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi Ilmiy seminarlar raislari va ilmiy kotiblari uchun 2014 yil­ning 21 yanvar kuni soat 1500da amaliy seminar tashkil etiladi.

 

    Manzil: OAK (FA) binosi, 1-qavat, katta majlislar zali. Tel. 233-28-83

 

    Mazkur seminarda OAKning mas’ul xodimlari OAKning tegishli nizomlari talablaridan kelib chiqqan holda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining o‘ziga hos jihatlari, xususan, Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar qoshidagi Ilmiy seminarlar faoliyatini tashkil etish hamda normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan atroflicha ma’lumot beradilar.

    Seminar interfaol usulda tashkil etilib, unda seminar qatnashchilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga malakali javoblar olishlari mumkin.

Oliy attestatsiya komissiyasi