OAK sayti » Yangiliklar » Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun belgilangan asosiy mezonlar. Dissertatsiya va avtoreferatni rasmiylashtirish qoidalari.
 
11 dek 2013

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun belgilangan asosiy mezonlar. Dissertatsiya va avtoreferatni rasmiylashtirish qoidalari.

Kategoriya: Yangiliklar

 

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi fan doktori ilmiy darajasini olish uchun belgilangan asosiy mezonlar hamda dissertatsiya va avtoreferatni rasmiylashtirish qoidalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar nashr qilinganligini ma’lum qiladi.

   Mazkur to‘plamda fan doktori ilmiy darajasiga talabgor hamda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilinadigan ilmiy ishlar, dissertatsiya va avtoreferat uchun qo‘yiladigan asosiy mezonlar berilgan. 

Dissertatsiya, avtoreferatning tuzilishi va hajmiga nisbatan qo‘yiladigan talablar, ularni rasmiylashtirish qoidalari hamda bibliografiya namunalari keltirilgan.

   Mazkur to‘plam katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy maslahatchilar hamda fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar, OAK ekspert kengashlari rahbarlari va a’zolari, shuningdek, rasmiy opponentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mezonlar va qoidalar OAK Nizomlari talablari asosida ishlab chiqilgan.

 

Ushbu uslubiy ko‘rsatmani OAK buxgalteriyasidan olish mumkin.

Telefon: 233-11-43